iPhone 13 kamerali Android smartfon

iPhone 13 kamerali Android smartfon

Huawei kompaniyasi o'zining nova Y61 smartfonining Xitoy bozori uchun qayta ishlangan versiyasi – Enjoy 50z modelini taqdim qildi.

Huawei Enjoy 50z smartfoni 6.52 dyuymli IPS LCD displeyga ega bo'lib, u 60 gerts yangilanish tezligi va HD+ rezolyutsiya taklif qila oladi. Ekran yuqori markazidagi suv tomchi tirqishdan 5 megapikselli selfi kamera o'rin olgan. Smartfonning orqa tomonidagi Apple'ning iPhone 13'ni eslatib yuboradigan kamera oroli 50 MP (f/1.8) asosiy va ikki 2MP kameralarni o'z ichiga oladi.

Qurilma nomi ochiqlanmagan sakkiz yadroli protsessor va 6 GB operativ hamda 512 GB gacha microSD bilan kengaytirsa bo'ladigan 128/256 GB doimiy xotira bilan HarmonyOS 2.0'da ishlaydi. Uning 5000 mA/soat batareyasini 22.5 Vt tezlikda quvvatlash mumkin. Qo'shimchasiga, smartfon ikki diapazonli Wi-Fi'ni qo'llab-quvvatlaydi va u yon tomonida barmoq izi skaneri bilan birga naushnik uyasiga ham ega.

Huawei Enjoy 50z smartfoni ko'k, yashil va qora ranglarda 6/128 xotira variantida 1199 yuan (172 dollar), 8/256 GB xotira variantida esa 1399 yuan narxda Xitoyda 26-dekabrdan sotuvga chiqariladi.

O'QING: Samsung 100 dollarlik yangi smartfon chiqardi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!