iPhone 6 Plus'ning davri o‘tdi

iPhone 6 Plus'ning davri o‘tdi

Apple'ning 5 yildan ortiq va 7 yildan kamroq vaqt oldin sotilishi to‘xtatilgan mahsulotlari "vintage" ya’ni o‘tmishdagi yuqori sifatli hisoblanadi va kecha kompaniya o‘zining ana shunday smartfonlari ro‘yxatiga iPhone 6 Plus'ni ham qo‘shdi, chunki uning oxirgi marta sotuvga chiqarilganiga 5 yildan oshdi. 

Ilk marotaba iPhone 6 va iPhone 6 Plus 2014-yilda taqdim qilingan edi, lekin bir vaqtda chiqarilgani, shuningdek, iPhone 6 Plus kattaroq bo‘lganiga qaramay iPhone 6'ning o‘zi vintijlar qatorida emas, chunki iPhone 6 2017-yilda o‘rta darajadagi smartfon sifatida qayta chiqarildi va 2018-yilgacha sotuvda bo‘ldi.

2019-yilda Apple iOS 13'ni chiqarganidan keyin iPhone 6 va 6 Plus'ni dasturiy yangilanishlar bilan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan edi. 

Apple vintij qurilmalari uchun xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlarni 7 yilgacha yoki ta’mirlash qismlar mavjudligiga qarab taqdim etadi. 

O‘QING: Apple iPhone'da "terminal" xizmatini ishga tushiradi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.