iQOO 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

iQOO 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

iQOO 9 Pro vivo'ning 2022 yilgi flagmanlaridan biri. Premium toifadadagi smartfon quvvatlash texnologiyasi, akkumulyator, unumdorlik, kamera hamda displey jihatidan yangicha funksiyalarga ega bo‘ldi. Agar BMW mashinalari ishqibozi bo‘lsangiz, unda bugun biz iQOO 9 Pro Legend talqini bilan tanishamiz. 

O‘QING: vivo V23 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Smartfonda iQOO oldin vivo yozuvi yo‘qligini sezish mumkin. Hozirda iQOO o‘zi mustaqil ish olib bormoqda. Garchi ushbu brend vivo'ning FuntouchOS tizimidan foydalansa-da, smartfonlar dizayni hamda texnik jihatlari iQOO tomonidan ishlab chiqilgan. 

Foto: GSMArena

iQOO 9 Pro Legend Edition smartfonining orqa paneli BMW M-brendi shishasiga ega. Qurilmaning yana bir maxsus versiyasi bo‘lib, u Dark Cruise deb nomlanadi. Uning orqa paneli esa aramid tolasidan ishlangan. Ushbu smartfon ham BMW grafik qobig‘iga ega. 

iQOO 9 Pro flagmani Quad HD rezolyutsiyadagi 6.78 dyuymli Samsung'ning E5 AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Displey HDR10+, 120Hz ekran yangilanish chastotasi va 300Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning ravon ishlashiga Snapdragon 8 Gen1 chipi javob beradi. 

Smartfonning yana bir maqtovga sazovor tomoni - bu uning kameralarida. iQOO 9 Pro'ga asosiy kamera sifatida gimbal stabilizatsiyaga ega bo‘lgan 50 megapikselli Samsung GN5 sensori o‘rnatilgan bo‘lsa, unga qo‘shimcha ikkita: 50MP ultrakeng va 2.5x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi 16MP telefoto kamera smartfon orqa panelidan o‘rin olgan. 

Qurilmadagi 4,700 mAs sig‘imli akkumulyatorni 120 vatt simli yoki 50 vattdan simsiz quvvatlash mumkin. Reklamaga ko‘ra, smartfon 20 daqiqada to‘liq quvvatlana oladi. 

Foto: GSMArena

Gadjet 5G, NFC, 3D ultra tovushli barmoq izi skaneri hamda stereo dinamikka ega. U Android 12 operatsion tizimiga asoslangan FuntouchOS grafik qobig‘ida ishlaydi. Kompaniya smartfonni ikki yillik Android yangilanishlari hamda uch yillik xavfsizlik patchi bilan ta’minlashga va’da beradi. 

iQOO 9 Pro'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 164.8x75.2x8.8mm, 204g; old panel shisha, orqa panel shisha yoki aramid tola, alyuminiy rom, IP52 standarti. 

> Displey: 6.78 dyuymli LTPO 2.0 AMOLED, 1-120Hz adaptiv ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1500 nit yorqinlik (maksimal), 1440x3200 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 518ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm): , Sakkiz yadroli (1x3.00 GHz Cortex-X2 & 3x2.50 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730. 

> Xotira: 8/256GB, 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, FuntouchOS 12. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 1/1.57“, 1.0µm, PDAF, gimbal OIS; Ultrakeng kamera: 50MP, f/2.3, 15mm, 150˚, AF; Telefoto kamera: 16MP, f/2.2, 60mm, 1/3.1“, 1.0µm, PDAF, OIS, 2.5x optik zum. 

> Selfi kamera: 16MP, f/2.5, (keng). 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K@30 kadr/sek, 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS. 

> Akkumulyator: 4700 mAh; 120 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi, 100% - 20 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 50 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, 10 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (displey ostida, ultra tovushli); NFC. 

Texnik jihatdan smartfon juda ajoyib. Smartfon eng so‘nggi texnologiyalar, xususan, LTPO displeyi hamda Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan. Birgina kamchilik deb IP52 standartini aytish mumkin. Odatda flagaman smartfonlarda to‘liq suv va changdan himoya IP68 standarti bo‘lar edi. O‘rta toifadagi smartfonlar uchun esa IP52 standarti qo‘yliar edi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon qutisidan qurilma bilan birga 120 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, 3.5 audio jek uchun ulagich, SIM-karta ejektori hamda maxsus g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Samsung Galaxy S22+ 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!