IT-Park startapi Shveysariyada 500 000 dollarlik investitsiya uchun kurashadi

  •   DiMaX
  •  350
  •  28.11.2019 10:16

IT-Park startapi Shveysariyada 500 000 dollarlik investitsiya uchun kurashadi

Shu yil yozda ishga tushgan IT-Park mamlakatimizda texnologiyalar sohasining rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Uning ArzonApteka startap jamoasi nufuzli Seedstars xalqaro tanlovining finaliga chiqdi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: IT-Parkka isroillik Nobel mukofoti sovrindori keldi

Nursulton shahrida rivojlanayotgan bozorlar uchun eng nufuzli akselerator xalqaro tanlovi – #SeedstarsSummitCEE2019’ning navbatdagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Avvalroq #Seedstars Tashkent19 g‘olibi bo‘lgan ArzonApteka loyihasi Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining eng yaxshi 18ta loyihasi sakkizligiga kirdi.

Mazkur startap endi 2020 yil 27 mart kuni Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan «Seedstars 2020 Global Sammit»da O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etadi. Bir hafta ichida startap jamoasi butun dunyoning turli burchaklaridan kelgan yetmishga yaqin mamlakat g‘oliblari, sarmoyadorlar va mentorlar bilan uchrashishlari mumkin. Sammitning so‘nggi kunida ular 1000dan ortiq tomoshabin oldida sahnada chiqish qilishlari va asosiy mukofot – 500 000 AQSh dollari miqdoridagi investitsiya uchun kurashishlari mumkin bo‘ladi.

ArzonApteka – bu O‘zbekistondagi dorixonalarda dori-darmonlarni topish xizmati bo‘lib, u dori-darmonning narxi va mavjudligini, dorixonaning joylashgan joyi va raqamini aniqlashga yordam beradi.

O‘QING: Hammasi sayohat uchun: oflayn-kartalar va yana 5 ta juda kerak bo‘ladigan ilova

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!