Mbank mobil ilovasi orqali Beeline xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin

Mbank mobil ilovasi orqali Beeline xizmatlari  uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin

Yirik aloqa operatori Beeline Mbank mobil ilovasi orqali xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoni haqida eslatib o‘tadi. Uning yordamida kompaniya abonentlari o‘z uylaridan chiqmagan holda on-line usulida UZCARD orqali hisoblarini oson boshqara oladilar.

 

On-line usulida Mbank mobil banki orqali Beeline‘ning nafaqat uyali aloqasi , balki simli Interneti uchun ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun UZCARD on-line foydalanuvchilari yaqin oradagi bankomat yoki ma’lumot shahobchasida kartadan SMS-xabarnomani yoqtirishlari zarur. Undan keyin Play Market yoki App Store orqali Mbank ilovasini yuklab olishlari, yoki uyali telefonlaridan www.mbank.uz saytiga kirishlari lozim. Ro‘yhatdan o‘tib mobil bankning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.

 

Beeline‘ning simli Internetiga to‘lovni amalga oshirish uchun “Xizmat va tovarlar uchun to‘lov”, so‘ngra “Internet-provayderlar” va “ Beeline simli interneti” tugmalarini tanlash zarur. Beeline‘ning uyali aloqasini to‘lash uchun “Xizmat va tovarlar uchun to‘lov”, so‘ngra “Aloqa va Interner” va Beeline‘ni tanlash lozim. So‘ngra telefon raqami va pul miqdorini kiritish lozim. “To‘lovlar ro‘yhati”da to‘lov jarayonini ko‘rish mumkin.

 

Mbank mobil ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzcard.main

https://itunes.apple.com/us/app/mbank-uzcard/id793801135?mt=8