Microsoft'dan Windows 10 uchun ortiq yangi funksiyalar kutmang

Microsoft'dan Windows 10 uchun ortiq yangi funksiyalar kutmang

Ilk marotaba 2015-yilda taqdim qilinganida Windows 10 aslida Microsoft operatsion tizimining eng oxirgi avlodi bo'lishi aytilgan edi. Biroq, bir necha yil avval barchasi o'zgardi yoxud kompaniya 2021-yilda Windows 11 versiyasini chiqardi va tabiiyki, Windows 10 uchun ishlar asta-sekin to'xtay boshlandi.

Microsoft o'zining blog postida ma'lum qilishicha, 22H2 versiyasi Windows 10 ning eng oxirgi versiyasi bo'ladi. Bu operatsion tizim qo'llab-quvvatlashdan to'xtatilyapti degani emas. Windows 10 kompyuter egalari 2025-yilning 14-oktabrigacha xavfsizlik yangilanishlarini qabul qilishda davom etishadi, faqat operatsion tizimga endi ortiq yangi funksiyalar qo'shilmaydi. Gap shundaki, Microsoft 2020-yildan beri har yilning bahor va kuz fasllarida Windows 10 uchun bir qancha yangi funksiyalarni o'z ichiga olgan katta yangilanishlarni chiqarar edi:

  • 20H1 – 2020-yil may
  • 20H2 – 2020-yil oktabr
  • 21H1 – 2021-yil may
  • 21H2 – 2021-yil noyabr
  • 22H2 – 2022-yil noyabr

Windows 10 uchun ortiq yangi funksiyalar qo'shilmas ekan, Microsoft barchaga Windows 11 ga o'tishni tavsiya qiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!