O'rgimchak Odam Miles Morales bilan Nyu-York bo'ylab sayohatga tayyormisiz?
Insomniac Games kompyuterlar uchun "Marvel's Spider-Man: Miles Morales" o'yini 18-noyabr kuni chiqarilishini rasman e'lon qildi. Siz hozirdanoq o'yinga Steam yoki Epic Games do'konlaridan 39.99 dollar narxda buyurtma berishingiz mumkin.
On November 18, experience the rise of Miles Morales on PC. ⚡ Pre-purchase Marvel's Spider-Man: Miles Morales on Steam and the Epic Games Store today! #BeGreater #BeYourself
— Insomniac Games (@insomniacgames) October 13, 2022
Steam: https://t.co/wB21BK5Ao0
EGS: https://t.co/BSM456wBf5 pic.twitter.com/62uvkJCFVz
Ma'lum bo'lishicha, o'yin ultra-keng monitorlar uchun to'liq optimizatsiya qilingan va u Nvidia DLSS 3 kabi ilg'or texnologiyalarni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, siz o'yinda turli xil grafik sifatlaridan birini tanlashingiz ham mumkin.
O'yin uchun minimum tizim talablari quyidagicha:
- Operatsion tizim: Windows 10 (64 bit) 1909 versiya
- Protsessor: 3,6 gigagertsli Intel Core i3-4160 (64 bit albatta) yoki shunday AMD ekvivalenti
- Operativ xotira: 8GB
- Grafik karta: NVIDIA GTX 950 yoki AMD Radeon RX 470
- DirectX: 12-versiya
- 75GB bo'sh xotira
Ta'kidlash joizki, Sony avgust oyida Marvel’s Spider-Man Remastered o'yinini ham chiqargan edi.
O'QING: Tezlikka muhtojlar uchun: NFC Unbound taqdim qilindi