O‘zbekistonda Uzcard to‘liq ishlay boshladi

O‘zbekistonda Uzcard to‘liq ishlay boshladi

O‘zbekistonda bir sutkadan ortiq ishlamay qolgan Uzcard tizimi to‘liq ishlay boshladi.

Bugun, 17 sentyabr soat 8:00 atrofida tizimning qisman ishlay boshlagani haqida xabar berilgan edi.

O‘QING: Markaziy bank: Uzcard faoliyatida yuz bergan muammo e’tiborsiz qoldirilmaydi. Qonunchilikka o‘zgarishlar kiritiladi

Endilikda Uzcard orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga pul o‘tkazish kabi turli operatsiyalarni bajarish mumkin.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘yicha UzCard ishlamay qoldi – plastik karta orqali to‘lovlar qilib bo‘lmaydi!

Avvalroq, Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) bosh direktori Ahror Mahmudov Uzcard tizimi yaqin soatlar ichida ishlay boshlashini ma’lum qilgan edi.

O‘QING: Uzcard tizimi qisman ishlay boshladi

Markaziy bank vakillarining ma’lum qilishicha, Uzcard faoliyatida yuz bergan muammo e’tiborsiz qoldirilmaydi. Qonunchilikka o‘zgarishlar kiritiladi.