Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

  •   DiMaX
  •  5260
  •  13.03.2020 09:59

Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

Xiaomi korporatsiyasi kecha o‘zining Redmi Note 9 Pro Max smartfonini taqdim etgan edi. Bundan tashqari, kompaniya uning yanada arzon versiyasiRedmi Note 9 Pro modelini ham namoyish qilgan.

O‘QING: Xiaomi’ning ushbu smartfoniga kelgan yangilanish uni «g‘isht»ga aylantirdi

Samsung arzon smartfonlar bozoriga birdaniga kirib kelayotgan bu ikki raqobatchiga munosib javob berishga qaror qildi. Lekin u yangi model taqdim etmasdan, Galaxy M30s smartfonini yangicha konfiguratsiyada chiqardi.

Galaxy M30s o‘tgan yilning sentyabrida namoyish etilgan bo‘lib, eng sig‘imdor – naq 6000 mA/soatlik batareyaga ega arzon Samsung smartfoni sifatida nom qozongan. Shu paytgacha kompaniya uni tezkor/ichki xotirasi bo‘yicha ikki xil – 4/64 va 6/128 gigabaytlik konfiguratsiyalarda chiqarib kelmoqda.

Endi esa – «Xitoycha Apple» yangi modellarini taqdim etgach, Samsung ham g‘imirlab qoldi: 14 martdan boshlab u Galaxy M30s modelini yangicha talqinda chiqaryapti. Uning «operativka»si 4, doimiy xotirasi esa 128 gigabaytlik bo‘lib, 200 dollarga narxlangan. Aytish kerakki, Redmi Note 9 Pro Max modelining boshlang‘ich – 6/64 GBlik versiyasi aynan shunday narxga ega, Redmi Note 9 Pro esa undan ham arzon.

O‘QING: Samsung hali taqdim etmagan arzon smartfon – «vattomonstr» allaqachon onlayn do‘konga chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!