TATU talabalari abituriyentlarga imtihon manzilini ko‘rsatuvchi ilova ishlab chiqishdi

  •   DiMaX
  •  751
  •  23.06.2020 10:32

TATU talabalari abituriyentlarga imtihon manzilini ko‘rsatuvchi ilova ishlab chiqishdi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan «ImtihonGo» nomli maxsus mobil ilova yaratildi, deb yozadi AKT vazirligi. Ushbu dastur 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillarini ko‘rsatib beradi.

O‘QING: Abituriyentlar uchun qulaylik: mahalliy va xorijiy universitetlar onlayn uchrashuviga marhamat!

«ImtihonGo» mobil ilovasi Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillari asos qilib olingan hamda shu manzillar ilovaga kiritilgan. Agarda biror sabablarga ko‘ra DTM tomonidan ko‘rsatilgan manzillarda yangilanish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, o‘zgartirishlarni tezda qo‘shish va bu o‘zgarishni foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan.

Ilova mualliflari TATU magistri G‘. Nazarov hamda «Radio va mobil aloqa» fakulteti talabasi H .Baxtiyorovlardir.

Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor va Google Play’ga joylashtirilgan. Mamlakatimizdagi OTMlarga kirish uchun imtihon topshirish istagida yurgan abituriyentlar mobil ilovani https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mrmanager.imtihongo havolasi orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: Ingliz tilini o‘rganish uchun yangi onlayn maktab – Skyeng