Tez kunda global bozorga taqdim qilinishi kutilayotgan Poco F5 seriyasi haqida barchasi!

Tez kunda global bozorga taqdim qilinishi kutilayotgan Poco F5 seriyasi haqida barchasi!

Xiaomi'ning Poco brendi kelayotgan may oyi boshida o'zining Poco F5 smartfonlarini global bozorga chiqarishga tayyorlanmoqda. Biroq, Internetda tarqalgan ma'lumotlar bilan smartfonlarning taqdim qilinishiga hojat qolmadi.

Poco F5

Ma'lum bo'lishicha, Poco F5 seriyasi ikkita: Poco F5 va Poco F5 Pro smartfonlarini o'z ichiga oladi. Ulardan oddiy model Snapdragon 7+ Gen 2 chipseti bilan jihozlanadi. Ta'kidlash joizki, o'tgan oy taqdim qilingan Redmi Note 12 Turbo smartfoni ham xuddi shunday chipsetga ega edi, faqat u Xitoy bozoridan tashqariga chiqmagan. Poco F5 esa ushbu chipset bilan global bozorga chiqadigan ilk smartfon bo'ladi.

Poco F5 nafaqat chipset tomondan balki dizayn borasida ham Redmi Note 12 Turbo bilan o'xshash bo'ladi. Gap indallosi shuki, ushbu Poco smartfoni Redmi Note 12 Turbo'ning global versiyasi bo'ladi. Shunday ekan texnik xususiyatlari borasida o'zgarishlar borasida o'zgarishlar bo'lmasligi aniq:

  • 6.67 dyuymli 120 gerts yangilanish tezligiga ega FHD+ (1080×2400) OLED ekran
  • Snapdragon 7+ Gen 2
  • 64 MP asosiy (OIS bilan), 8 MP ultra-keng va 2 MP makro orqa kamera
  • 16 MP selfi kamera
  • 5000 mA/soat batareya
  • 67 Vt simli zaryadlanish
  • 12 GB operativ, 1 TB gacha doimiy xotira

Poco F5 Pro

Poco F5 Pro modeliga keladigan bo'lsak, uning 12/256 GB xotira konfiguratsiyasidagi varianti allaqachon Gvatemalada do'konlarida ≈630 dollar atrofida sotilmoqda. Uning internetda tarqalgan jonli suratlari u Redmi K60 smartfoning global versiyasi bo'lishini tasdiqlaydi yoxud dizayn ham, texnik xususiyatlar ham deyarli bir xil:

  • 6.67 dyuymli 120 gerts yangilanish tezligiga ega WQHD+ (3200×1440) AMOLED ekran
  • Snapdragon 8+ Gen 1
  • 64 MP asosiy (OIS bilan), 8 MP ultra-keng va 2 MP makro orqa kamera
  • 16 MP selfi kamera
  • 5160 mA/soat batareya
  • 67 Vt simli hamda 30 Vt simsiz zaryadlanish
  • 12 GB operativ, 256 GB doimiy xotira

Poco F5 smartfonlari rasman 9-may kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!