Zamon bilan hamnafas – LG ham minimalistikani o'zlashtirdi

Zamon bilan hamnafas – LG ham minimalistikani o'zlashtirdi

So'nggi yillarda dunyo bo'ylab katta-katta kompaniyalar o'z imijlarini zamon bilan hamnafas bo'lgan holda minimalistik ko'rinishga o'zgartirishmoqda va ularning eng so'nggilaridan biri ko'pchilikka o'zining yuqori sifatli televizorlari bilan tanilgan LG brendi bo'ldi. Janubiy Koreya kompaniyasi 9 yildan so'ng o'zining yangi logotipini taqdim qildi.

LG kompaniyasining yangi logotipi avvalgisining yanada minimallashtirilgan varianti bo'lib, undan yumaloq shakl olib tashlangan va u endi tekisroq ko'rinadi. Qolaversa, logotip orqa foni "LG Active Red" deb nomlanadigan och qizil rangga bo'yalganligini bilan ko'proq e'tibor tortadi. O'zining "dinamik va yosh ko'rinish"ga ega yangi logotipi bilan LG endilikda dunyo bo'ylab barcha xaridorlar, xususan, Z avlod tomonidan sevilishni xohlaydi.

LG kompaniyasining eski (o'ngda) va yangi (chapda) logotiplari

"Kuchli, izchil brend strategiyasiga ega bo'lish bizga innovatsiyalar va iliqlikni uyg'unlashtirgan sifat va noyob identifikatsiyamizni yaxshiroq yetkazib berish imkonini beradi", deydi LG Electronics bosh direktori Uilyam Cho. "Yangi brend strategiyasini amalga oshirar ekan, LG avlodlar va hududlar osha o'z iste'molchilari bilan aks-sado beradigan mashhur brendga aylanishni maqsad qilgan".

Shuningdek, raqamli maydonda LG yangi logotipi jonlanadi yoxud brend simvoli hisoblanmish "L" va "G" harflari endi bosh irg'ash, aylanish va ko'zni qisish kabi sakkiz xil harakatlarni amalga oshira oladi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bunday yangi imkoniyatlar bilan brend belgisi mijozlarni do'stona tabassum ila kutib olishi mumkin.

LG logotipi sizga ko'zini qisa oladi

Kompaniya, shuningdek, o'zining Life's Good brend shiori uchun yangi shrift ishlab chiqqan va undan mahsulot qadoqlashda brend aktivi sifatida keng foydalaniladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!