Zoom orqali sudda advokatlik qilgan mushuk ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylandi (video)
Koronavirus pandemiyasi tufayli aksariyat tadbirlar onlayn videokonferensiya servislari orqali o‘tkazilyapti va ulardan eng mashhuri esa Zoom platformasidir. Ammo turli sabablarga ko‘ra virtual anjumanlarda kutilmagan, ba’zida esa hatto ko‘ngilsiz voqealar ham bo‘lib turadi.
O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi
Jumladan, kuni kecha AQShning Texas okrugi sud majlisi Zoom servisi orqali o‘tkazilganida, advokat Rod Ponton unda «mushuk qiyofasida» namoyon bo‘ldi. Bu shunchaki mazkur platformada joriy etilgan virtual filtr edi, advokat esa uni o‘chirib qo‘ishni bilmagan.
Kitten in Zoom
Raislik qilayotgan sudya Roy Fyorgyuson buni payqab, filtrni o‘chirish kerakligini advokatni ogohlantirgan. Ponton esa, o‘zi ham buni sezganini, lekin qanday bajarilishini bilmasligini aytgan. Shuningdek, jonli efirda gapirayotgan mushuk emas, balki o‘zi ekanligini, servisdagi bu qiyofasiga qaramasdan, sudda so‘zga chiqishga tayyor ekanligini aytgan.
O‘QING: Zoom ishlatasiz-a? NASA va Ilon Mask esa uni taqiqlagan!
Sud majlisi tugagach, sudya Fyorgyuson ushbu rolikni Twitter-akkaunti orqali ulashdi va muhim videokonferensiyalardan bevosita oldin virtual filtrlarni o‘chirib qo‘yishni maslahat berdi. U yana shuni qo‘shimcha qilgan: «Bu mushukcha suddagi 394-raqamli ish bo‘yicha muhim chiqish qildi».
IMPORTANT ZOOM TIP: If a child used your computer, before you join a virtual hearing check the Zoom Video Options to be sure filters are off. This kitten just made a formal announcement on a case in the 394th (sound on). #lawtwitter #OhNo @zoom_ushttps://t.co/I0zaj0wu6K
— Judge Roy Ferguson (@JudgeFergusonTX) February 9, 2021
Keyinroq advokat Rod Ponton aytishicha, u videokonferensiyada o‘z kotibasining kompyuteridan qatnashgan va filtr qanday yoqilib qolganligini bilmagan. Sud davomida mushuk qiyofasini olib tashlashda unga sudya yordam bergan.
Darvoqe, mushuklarning Telegram’ga qanday aloqasi borligini bilasizmi? Bu xususda «Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?» maqolamizda ma’lumot berganmiz.
O‘QING: TikTok endi eng zo‘ri emas – sizga sevimli ilova dunyo bo‘yicha birinchilikka chiqdi!