Android-smartfonlar uchun Microsoft antivirusi taqdim etildi

Microsoft Defender smartfonda ziyonkor dasturlar bor-yo‘qligini tekshiradi va fishing hujumlarining oldini oladi. U yana xavfsiz bo‘lmagan ulanishlarni bloklovchi SmartScreen funksiyasiga ham ega.

Telegram’da videoqo‘ng‘iroq ishga tusha boshladi – uni qanday faollashtiramiz?

Sinab ko‘rish uchun nafaqat sizda, balki suhbatdoshingizda ham mazkur funksiya yoqilgan bo‘lishi lozim. Shunday ekan, ushbu yo‘riqnomani yaqinlaringizga ulashing va ular bilan Telegram’da videosuhbat qiling!

TATU talabalari abituriyentlarga imtihon manzilini ko‘rsatuvchi ilova ishlab chiqishdi

Ushbu dastur 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillarini ko‘rsatib beradi.

Allaqachon «janozasi o‘qilgan» Windows 7 tizimini Microsoft ikkinchi marta bepul yangilayapti!

Ma’lum bo‘lishicha, korporatsiya Windows 7 foydalanuvchilariga ham Windows 10 tizimida mavjud imkoniyatni taqdim etishga qaror qilgan.

Uyali aloqa operatorlari yana Telegram uchun cheksiz trafik bera boshlashdi

Rossiyada 2018 yildan beri Telegram messenjeri rasman bloklab qo‘yilgan edi. Nihoyat, kuni kecha Roskomnadzor ushbu taqiqni bekor qildi.

Nihoyat, Roskomnadzor rasman Telegram’ni blokdan chiqardi!

«Blokirovkadan chiqarish IT-tadbirkorlar va investorlar uchun yaxshi belgi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Rossiya hukumatining ushbu va boshqa sohalardagi bunday harakatlari optimizm tug‘dirmoqda», – deydi Pavel Durov.

Google Chrome foydali funksiya bilan boyidi (+video)

Ushbu funksiya Windows hamda Android uchun taqdim etilgan Chrome brauzerining 80 va undan keyingi versiyalarida ishlaydi. Undan bahramand bo‘lish uchun brauzeringizning yangilanganligini tekshirib ko‘ring.

Meet videokonferensiyalar servisini Google endi mobil Gmail ilovasiga ham qo‘shdi

Videokonferensiya boshlash uchun unda New meeting tugmachasini bosish kerak. Keyin esa chat havolasi yaratiladi va uni kodi bilan birga ishtirokchilarga pochta orqali jo‘natish, yoki Google Calendarga qo‘shish mumkin.

Pavel Durov o‘z nomidan targ‘ib qilinayotgan firibgarliklar sababli Facebook’ni sudga bermoqchi!

«Bir yildan ortiq vaqtdan beri Facebook va Instagram kompaniyalari mening nomimdan targ‘ib qilinayotgan firibgar sxemalarining reklamasidan pul topmoqdalar», deydi Telegram asoschisi.

Markaziy bank o‘z mobil ilovasini taqdim etdi

Ushbu mobil ilova rasmiy veb-sayt foydalanuvchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining barcha axborot va interaktiv xizmatlarini qulay formatda ko‘rsatadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш