Realme o‘yinbop, atigi 116 dollardan boshlanuvchi Narzo 20, Narzo 20A va Narzo 20 Pro smartfonlarini chiqardi

Har biri o‘zgacha, lekin bari o‘yinbop protsessorli uchala smartfon ham shu oydayoq sotuvga chiqyapti: Narzo 20 Pro smartfoni – 25 sentyabrda, Narzo 20 modeli – 28 sentyabrda, Narzo 20A esa – 30 sentyabrda.

iPhone 12 mini ham tayyor: bu qanaqa model bo‘ldi?

Biz uchun yangilik bo‘lgan iPhone 12 mini modeli, nomidan ham anglashilib turganidek, eng ixcham ayfon bo‘ladi. Qolgan barcha parametrlariga ko‘ra u standart iPhone 12 bilan bir xil, deyishmoqda.

Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi 10T’larni allaqachon o‘z do‘koniga ham chiqardi!

Mi Store do‘konlaridan birida suratga olingan bannerdagi sloganga ko‘ra, mazkur modellar sifatli displeyga va yuqori avtonomlikka ega bo‘lgan samarador kamerofon sifatida targ‘ib etilmoqda.

Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (video)

Taniqli bloger Markus Braunli (Marques Brownlee) yaqinda Facebook asoschisi Mark Sukerberg bilan intervyu uyushtirdi. Suhbatda bu milliarderning qanday smartfon ishlatishi haqida ham savol berilgan.

Eng ommabop 10 smartfon (38-hafta)

Poco M2, Xiaomi Mi 10 Ultra va Motorola Moto G9 Plus'lar bizning ro‘yxatdan joy olmadi.

Xiaomi Mi 10T Lite ham fosh etildi: 4720 mAh batareya va NFC chipli 5G-smartfon!

FCC hujjatlariga ko‘ra, bu telefon MIUI 12 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Bundan tashqari, u 4720 mA/soatlik batareya, 5G-protsessor hamda NFC-modulga ham ega.

Maxfiy kamerali ikkinchi smartfonni umuman kutilmagan kompaniya taqdim etdi! (+video)

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, selfi-modul surat sifatini yaxshilash uchun tasvirlarni qayta ishlashning maxsus algoritmini qo‘llaydi.

Realme yana bir arzon smartfon chiqardi: 90Hz ekran, 6/128GB xotira va 5000 mAh batareyali!

Realme C17 apparat ta’minoti asosini Snapdragon 460 protsessori tashkil etadi, uni 6/128 GBlik tezkor/ichki xotira bilan ta’minlashgan. Smartfonga o‘lchami diagonaliga 6,5 dyuymlik IPS-ekran o‘rnatishgan.

23 sentyabrda chiqadigan Galaxy S20 FE smartfonini ilk «jonli» videoda ishlatib ko‘ramiz! (+narxlari)

Samsung uni ikki xil talqinda chiqaraadi: birinchisi 4G-versiya bo‘lib, Exynos 990 protsessori bazasida ishlaydi. 5G-versiyadagi Galaxy S20 FE apparat ta’minoti asosini esa Snapdragon 865 tashkil etadi.

Xiaomi smartfonlari hali MIUI 12’ga yangilanib ulgurmasidan, MIUI 13 skrinshotlari tarqaldi!

«Xitoycha Apple» hali o‘z smartfonlariga MIUI 12 asosidagi proshivkalarni to‘liq tarqatib ulgurgani yo‘q. Lekin korporatsiya grafik qobiqning keyingi – MIUI 13 talqinini tayyorlashga shu yil bahordayoq kirishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш