200 dollarlik Galaxy M21 qiyofasi va namoyish kunini rasmiy poster oshkor etdi

  •   DiMaX
  •  7058
  •  10.03.2020 13:40

200 dollarlik Galaxy M21 qiyofasi va namoyish kunini rasmiy poster oshkor etdi

Yangi avlod Samsung arzon smartfonlarining navbatdagisi – Galaxy M21 haqidagi ilk xabarlar o‘tgan yilning yozida tarqalgan edi. Yaqinda Geekbench servisida samaradorligi sinab ko‘rilganida, uning ayrim texnik jihatlari fosh bo‘lgan.

O‘QING: Bo‘lajak bestseller – Samsung’ning arzon «uchko‘z» smartfoni startga tayyor!

91mobiles nashri insayderlardan olgan rasmiy poster esa Galaxy M21 modeli qanday tashqi ko‘rinishga ega ekanligidan tashqari, taqdimot sanasi haqida ham ma’lumot beradi:

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy M21 modelida tomchisimon kemtikli, ya’ni Infinity-U turidagi ekranning ostki romi birmuncha qalin. Samsung uning rasmiy namoyishini shu yilning 16 mart, ya’ni – kelasi dushanba kuni Hindistonda o‘tkazadi.

Shu paytgacha sizib chiqqan ma’lumotlarga qaraganda, Galaxy M21 smartfoni ham Galaxy M30s modelidagi kabi texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Tahlilchilar uning bulturgi «ajdod»i – Galaxy M20 singari bestseller bo‘lishini prognoz qilishmoqda, zero, Samsung yangi devaysiga 200 AQSh dollari atrofida narx belgilashi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy A41'ning renderlari bilan tanishing

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!