Android 15 versiyasining desert nomi oshkor bo‘ldi!

Android 15 versiyasining desert nomi oshkor bo‘ldi!

Android operatsion tizimining eng "shirin" qismi, shubhasiz, uning desert nomidir va bu har yilgi an’ana hisoblanadi. Hozirgi Android 13 ichki kod nomi, ya’ni shirinlik nomi "Tiramisu" bo‘lsa, endigina ishlab chiqilayotgan Android 14 versiyasi "Upside-down Cake", ya’ni "Tepasi pastga qilingan tort" yoki shunchaki "Teskari tort" deb nomlanadi. Biz hali bu "tort"dan ta’tib ko‘rganimizcha yo‘q, ammo Google allaqachon yangi versiya, Android 15 uchun shirinlik nomini o‘ylab qo‘ygan ko‘rinadi.

Asosan Android operatsion tizimiga oid yangiliklarni yoritadigan frilanser-jurnalist, Mishaal Rahman o‘zining Twitter sahifasida teamb58 tomonidan payqab qolingan ajoyib yangilikni ulashdi. Unga ko‘ra, 2024 yili chiqarilishi kutilayotgan Android 15 versiyasining desert nomi... (baraban ovozi)... "Vanilla Ice Cream"! O‘zbekchaga tarjima qilganda bu "vanil muzqaymoq" yoxud oddiy, qaymoqli muzqaymoqni anglatadi. Mazali shunday emasmi?

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur kod nomi ochiq kodli Android loyihasining Android Savdo Federatsiyasida (qisqacha Tradefed yoki TF – Android qurilmalarida testlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan doimiy sinov tizimi) bir qator kod o‘zgarishlari sifatida paydo bo‘lgan. Afsuski, bizga hozir Android 15 ning desert nomigina ma’lum xolos va biz uning qanchalik "mazali" ekanligini aniq bilmaymiz.

Albatta, Android 15 ichki kod nomi, Vanilla Ice Cream, uning hech qanday yangi funksiyalariga ishora bermaydi, lekin bu qiziqarli va hech bo‘lmaganda Google yangi avlod Android versiyasi ustida ishlayotnini anglatadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!