Android-smartfonlar foydalanuvchilari uzoq kutgan imkoniyatni WhatsApp nihoyat taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1134
  •  01.11.2019 09:43

Android-smartfonlar foydalanuvchilari uzoq kutgan imkoniyatni WhatsApp nihoyat taqdim etdi

Facebook kompaniyasiga qarashli ommabop WhatsApp messenjeri jamoasi o‘zining Android-ilovasini yangiladi. Unda turli yaxshilashlar qatorida oldin faqat Apple qurilmalarigagina berilgan yangi imkoniyat ham bor.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Gap biometrik ma’lumotlar asosida WhatsApp’ni blokirovkadan chiqarish haqida ketmoqda. Ushbu messenjer dasturchilari iPhone’lar uchun Touch ID hamda Face ID orqali autentifikatsiyani joriy yilning fevralidayoq yo‘lga qo‘ygan edilar. Endi esa, nihoyat, uning Android tizimi uchun ishlab chiqilgan kliyentida ham barmoq izi yordamida qulfdan chiqarish funksiyasi paydo bo‘ldi.

Yangi imkoniyatdan foydalanish uchun «Nastroyki» > «Akkaunt» > «Privatnost» > «Blokirovka otpechatkom palsa» bo‘limiga o‘tib, ushbu imkoniyatni faollashtirishlari mumkin. Demak, daktiloskopik datchikka ega Android-smartfonlar egalari mana bu havola orqali WhatsApp’ni yangilab (kimda yo‘q bo‘lsa – o‘rnatib) olib, uning xavfsizligini oshirishlari mumkin!

O‘QING: Telegram asoschisi Durov: «Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?»