AnTuTu'da Xiaomi Pocophone F1 eng yaxshi natijani ko‘rsatdi

AnTuTu'da Xiaomi Pocophone F1 eng yaxshi natijani ko‘rsatdi

Yaqin kunlarda taqdimoti kutilayotgan Xiaomi Pocophone F1 smartfoni bugun AnTuTu benchmarkida o‘zining platforma samaradorligini sinovdan o‘tkazib ko‘rdi. Natijalar taassurotli - 285 302 ball! Quyidagi skrinshotda mazkur natijani ko‘rish mumkin.

AnTuTu benchmarkida "Poco F1" nomi bilan imtihondan o‘tgan bu devaysning Xiaomi tayyorlayotgan Pocophone F1 modeli ekaniga shubha yo‘q.

Skrinshotda smartfon qaysi chipsetga ega bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot aks etmagan. Biroq imtihonda to‘plangan ball avtomatik ravishda mobil telefonda Snapdragon 845 flagman protsessori o‘rnatilganini ko‘rsatadi. Aytish joizki, Pocophone F1 platforma samaradorligi bo‘yicha bir muddat avval AnTuTu benchmarkida yetakchi bo‘lgan OnePlus 6 modelini ortda qoldirgan.

O‘qing: Xiaomi Pocophone F1 taqdimotidan avval savdoga qo‘yildi – «jonli» suratlar, to‘liq xususiyatlari va narxi bilan tanishing!

Xiaomi Pocophone F1 taqdimot hamda boshqa jihatlari haqida rasmiy ma’lumot taqdim qilinmagan. Smartfonning 5,99 dyuymli displeyi 2160x1080 pikselli tasvir aniqligiga ega bo‘ladi. Snapdragon 845 chipseti, 6 GB + 64 GB hajmidagi operativ hamda doimiy xotira 20 megapikselli old kameraga ega bo‘ladigan devaysning 484 AQSh dollaridan boshlab sotilishi kutilmoqda.

Misol uchun, Samsung Galaxy S9 flagmani ham Snapdragon 845 protsessoriga ega bo‘lgan va u AnTuTu benchmarkida o‘rtacha 241470 ball to‘plagan. Galaxy S9 Plus esa 265,267 ball to‘plagan edi.

Shuningdek, Xiaomi Pocophone F1 smartfonining AnTuTu benchmarkida tekshirilish jarayoni aks ettirilgan «jonli» videolavhani ham saytimizga joyladik, uni mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!