Aqlli kolonka emas (2): Nothing o‘zining yangi ichimligini taqdim qildi.

Aqlli kolonka emas (2): Nothing o‘zining yangi ichimligini taqdim qildi.

1 aprel hazil kuni bo‘lganligi uchun ham ko‘plab noodatiy yangiliklarga ishonish qiyin, lekin Nothing kompaniyasi xazillashmadi. Londonlik kompaniya o‘z biznesida keskin burilish qildi. U o‘zining Nothing Beer (5.1%) ichimlik suvini taqdim qildi.

Beer (5.1%) taqdim qilinmasidan avval Nothing uning tizer videosini chiqargan edi. Ko‘pchilik bu kompaniyaning avval mish-mish qilingan aqlli ovoz kuchaytirgichi ekanligini tahmin qilgan edi. Biroq keyinchalik bu aslida Beer (5.1%) ichimligi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

"Yo‘q, rostdan. Biz pivo yaratdik. Chunki texnika yaratish chanqatadigan ish", – deydi Nothing.

Nothing kompaniyasi Uyels, Buyuk Britaniyada joylashgan Freetime Beer Company mikro pivo zavodi bilan hamkorlikda o‘zining Beer (5.1%) pivo ichimligini ishlab chiqaradi. Ha, bu alkogol ichimlik va u uchun xalqaro yosh cheklovi amal qiladi. Uning ichida qancha alkogol borligiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, bu 5.1% (ABV) alkogol/hajm.

Nothing Beer (5.1%). Foto: Nothing

Ha, aytgancha, Nothing ushbu yangi mahsuloti ham hashoratlarsiz taqdim qilingani yo‘q – bu safar ari tanlab olingan.

Nothing Beer (5.1%) narxi hozircha aniq emas, chunki u hali sotuvga chiqarilmagan va bu esa joriy yilning yoz faslida amalga oshirilishi kutilmoqda.