Atigi 93 dollarlik Redmi 8A Pro namoyish etildi («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2144
  •  03.04.2020 09:49

Atigi 93 dollarlik Redmi 8A Pro namoyish etildi («jonli» video)

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Indoneziyada o‘zining Redmi 8A Pro smartfonini taqdim qildi. Aslida u fevralda namoyish etilgan o‘ta arzon Redmi 8A Dual modelining ushbu mamlakat bozoriga mo‘ljallab qayta nomlangan ko‘rinishidir.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 33 foizgacha chegirma bilan olish mumkin!

Redmi 8A Pro xususiyatlari o‘sha-o‘sha: Snapdragon 439 protsessori, 13 + 2 MPlik bosh kamera, 8 MPlik old kamera. Ekrani diagonaliga 6,22 dyuymlik, tasvir aniqligi 1520x720 piksellik bo‘lib, Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan. 5000 mA/soatlik akkumulyatori USB-C porti orqali 18 vattlik tezkor quvvat oladi. Korpusida yana quloqchin uchun standart 3.5 millimetrlik audiotirqish ham mavjud.

Smartfonga bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-kartadan tashqari microSD xotira kartasi qo‘yish mumkin. Quyida Redmi 8A Pro qadog‘ini ochib, ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videoni tomosha qilamiz:

Redmi 8A Pro boshlang‘ich konfiguratsiyada – 2/16 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali variantda 93 dollarga baholanmoqda. Tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 3 va 32 gigabaytligi ham qimmat emas – 99 dollar.

O‘QING: Xiaomi rekordchi smartfonini arzonlashtirib, beshtasining proshivkasini yangilayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!