BAFTA Game Awards 2023 g'oliblari e'lon qilindi!

BAFTA Game Awards 2023 g'oliblari e'lon qilindi!

Har yili bo'lib o'tadigan BAFTA (British Academy of Film and Television Arts) Game Awards marosimining 19-soni, "BAFTA Game Awards 2023" o'z yakuniga yetdi va unda o'tgan 2022-yilning eng yaxshi o'yinlari 18 kategoriya bo'yicha e'lon qilindi.

God of War Ragnarök o'yini shouning haqiqiy yulduzi bo'ldi – u 18 kategoriyada naqd 15 ta joyni band qilgan edi va ularning 6 tasida g'olib deb topildi. Qizig'i shundaki, nomzodlik soni bo'yicha God of War Ragnarök dan keyingi o'rinda 9 ta kategoriya bo'yicha nomzodlik qilgan Stray o'yiniga hech qanday mukofot nasib qilmagan. 

Foto: Sony

Garchi marosimning eng ko'p yutuqlarini qo'lga kiritga bo'lsa ham, God of War Ragnarök bitta eng asosiy mukofotdan quruq qoldi – "Eng zo'r o'yin" nominatsiyasi bo'yicha g'olib mutlaqo kutilmagan minimalistik geympleyga ega Vampire Survivors o'yini bo'lib chiqdi.

"Bu Bafta Games Awards tarixidagi eng shokka tushiradigan g'oliblik bo'lsa kerak", – Guardian nashri.

"U (God of War Ragnarök) eng katta sovrinni qo'lga kiritishi muqarrar edi; men hatto sarlavha va butunlay boshqa maqola yozib qo'ygan edim. Ammo yo'q – Vampire Survivors", – Forbes.

Vampire Survivors o'yini. Foto: Steam

Ha, o'yin, shu darajada kutilmagan edi. Va bu Vampire Survivors'ning yagona mukofoti emas. BAFTA'ning "Eng yaxshi o'yin dizayni" g'olibi ham shu, piksel-grafika dizaynli Vampire Survivors o'yini bo'ldi.

Barcha kategoriyalar bo'yicha nomzodlar va g'oliblar ro'yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Eng zo'r o'yin

  • Cult of the Lamb
  • Elden Ring
  • God Of War Ragnarök
  • Marvel Snap
  • Stray
  • Vampire Survivors

Yilning EE o'yini (omma tomonidan ovoz berib tanlangan)

  • Elden Ring
  • God of War Ragnarök
  • Horizon Forbidden West
  • Immortality
  • Marvel Snap
  • Stray

Animatsiya

  • Call of Duty: Modern Warfare II
  • God of War Ragnarök
  • Horizon Forbidden West
  • Lego Star Wars: The Skywalker Saga
  • Sifu
  • Stray

Rivojlanayotgan o'yin

  • Apex Legends
  • Dreams
  • The Elder Scrolls Online
  • Final Fantasy XIV Online
  • Forza Horizon 5
  • No Man’s Sky

Original xususiyatli o'yin 

  • Citizen Sleeper
  • Cult of the Lamb
  • Elden Ring
  • Sifu
  • Stray
  • Vampire Survivors

Audio yutuq

  • A Plague Tale: Requiem
  • God of War Ragnarök
  • Horizon Forbidden West
  • Metal: Hellsinger
  • Stray
  • Tunic

O'yin dizayni

  • Cult of the Lamb
  • Elden Ring
  • God of War Ragnarök
  • Horizon Forbidden West
  • Tunic
  • Vampire Survivors

Britaniya o'yini

  • Citizen Sleeper
  • OlliOlli World
  • Rollerdrome
  • Total War: Warhammer III
  • Two Point Campus
  • Vampire Survivors

Artistik yutuq

  • A Plague Tale: Requiem
  • Elden Ring
  • God of War Ragnarök
  • Immortality
  • Pentiment
  • Tunic

Ko'pchilik bo'lib o'ynaladigan o'yin

  • Call of Duty: Modern Warfare II
  • EA Sports FIFA 23
  • Elden Ring
  • Overwatch 2
  • Splatoon 3
  • Teenage Mutant Ninja Turtles: Shredder’s Revenge

Eng yaxshi hikoyali o'yin

  • A Plague Tale: Requiem
  • Citizen Sleeper
  • God of War Ragnarök
  • Immortality
  • Pentiment
  • Stray

Bosh rol ijrochisi

  • Alen Mesa "Call of Duty: Modern Warfare II"dagi Alejandro Vargas rolida
  • Sharlotta MakBörni "A Plague Tale: Requiem"dagi Amicia rolida
  • Kristofer Judj "God of War Ragnarök"dagi Kratos rolida
  • Manon Geyj "Immortality"dagi Marissa Marcel rolida
  • Siobhan Uilyams "The Quarry"dagi Laura rolida
  • Sunny Suljic "God of War Ragnarök"dagi Atreus rolidagi 

Yordamchi rol ijrochisi

  • Adam J. Harrington "God of War Ragnarök"dagi Sindri rolida
  • Alison Jey Horizon "Forbidden West"dagi Alva rolida
  • Charlotta Mohlin "Immortality"dagi The One rolida 
  • Danielle Bisutti "God of War Ragnarök"dagi Freya rolida
  • Laya Deleon Hayes "God of War Ragnarök"dagi Angrboda rolida
  • G'olib Rayan Xerst "God of War Ragnarök"dagi Thor rolida

Eng yaxshi musiqali o'yin

  • A Plague Tale: Requiem
  • Cuphead - The Delicious Last Course
  • Elden Ring
  • God of War Ragnarök
  • Stray
  • Tunic

Texnik yutuq

  • Elden Ring
  • God of War Ragnarök
  • Horizon Forbidden West
  • Immortality
  • The Last of Us Part I
  • Stray

Oilaviy o'yin

  • Disney Dreamlight Valley
  • Kirby and the Forgotten Land
  • Lego Star Wars: The Skywalker Saga
  • Mario + Rabbids Sparks of Hope
  • Nintendo Switch Sports
  • Teenage Mutant Ninja Turtles: Shredder’s Revenge

Debyut o'yin

  • As Dusk Falls
  • The Case of the Golden Idol
  • Stray
  • Trombone
  • Tunic 
  • Vampire Survivors

O'yin-kulgudan yiroqda bo'lgan o'yin

  • Citizen Sleeper
  • Endling – Extinction Is Forever
  • Gibbon: Beyond The Trees
  • I Was a Teenage Exocolonist
  • Not For Broadcast
  • We’ll Always Have Paris
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!