Big Idea Challenge – innovatsiyalar tanlovi

  •   DiMaX
  •  486
  •  19.02.2019 15:43

Big Idea Challenge – innovatsiyalar tanlovi

Joriy yilning 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Britaniya kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan «Big Idea Challenge» startap loyihalar tanlovining ikkinchi bosqichiga start berildi. Bu haqda vazirlikning rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: GIST Tech-I-2019 innovatsion loyihalar tanlovida yurtimiz vakiliga ovoz bering!

Mazkur tanlov oliy ta’lim tizimida talabalar o‘rtasida faol kreativ tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab quvvatlash va ushbu jarayonda xalqaro hamkorlikni keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgani ahamiyatlidir.

Tanlovning birinchi bosqichi 2018 yilning oktyabr oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligida ochib berilgan edi. Shundan so‘ng 3 oy davomida London Metropoliten universiteti va mahalliy OTM vakillari tomonidan talabalar uchun g‘oyalarni shakllantirish o‘quv tadbirlari (vorkshop) o‘tkazildi va kreativ tadbirkorlik tushunchalari keng targ‘ib qilindi.

Talabalar uchun ko‘rik tanlov haqida to‘liq ma’lumot berish maqsadida Britaniya Kengashi mutaxassis trenerlar yordamida bir nechta oliy ta’lim muassasalarida 2018 yil noyabr – 2019 yil yanvar oylarida «Big Idea Challenge» treninglarini tashkil etib kelmoqda. «Big Idea Challenge» treningi orqali 2019 yilning yanvar oyining oxirigacha 14 ta oliy ta’lim muassasalaridagi 900ga yaqin talabini qamrab olindi. Joriy yilning 1 fevraliga qadar 230 nafar talabalar jamoalari tomonidan ishlangan loyihalar onlayn tarzda qabul qilindi va shulardan 23 nafari 2-bosqich uchun tanlab olindi. 18-19 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirda yosh tadbirkorlar o‘z loyihalarining video taqdimotlarini tayyorlaydilar va onlayn ovoz berish yo‘li orqali eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi.

Mazkur ko‘rik-tanlov «Ijtimoiy sohada innovatsiya» yo‘nalishida yangi innovatsion va biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tanlov ishtirokchilari yashab turgan hudud (shahar, tuman, qishloq, mahalla)da jamiyatga foyda keltiradigan innovatsion loyihalar bilan ishtirok etishlari lozim, mamlakatimiz hududi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar va ehtiyojlarga ijtimoiy, atrof-muhit hamda jamiyatga foydali bo‘lgan g‘oyalar orqali o‘z yechimini topish kerak.

Hozirgi kunda London Metropoliten Universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha ommalashgan bo‘lib, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydigan yagona dastur sanaladi.

Tanlov dasturining ahamiyatli tomoni shundaki, unda ishtirok etish va bosh mukofot olishdan tashqari yoshlar tanlovning har bir bosqichida o‘quv treninglarida ta’lim oladilar. Shunday qilib ular o‘z biznes g‘oyalarini rivojlantirib, ustidan ishlash imoniga ega bo‘lishadi. Ishtirokchilar boshqa mamlakat talabalari bilan hamkorlikda loyihalarda ishtirok etish yo‘li bilan innovatsiyalar va tadbirkorlikning xalqaro amaliyoti bilan tanishib, ingliz tili bilimini mustahkamlaydilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan aniqlangan yagona g‘olib jamoa 2019 yil 9 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida onlayn ravishda yoki bir vakil tomonidan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi, hamda 2019 yilning iyul oyida London Metropoliten Universitetida bo‘lib o‘tadigan bir haftalik – «Launch pad» treningida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

O‘QING: O‘zbekistonda DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturi bo‘lib o‘tadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!