Bill Geyts haqida faktlar

Bill Geyts haqida faktlar

Oddiygina Bill Geyts sifatida tanilgan Uilyam Genri Geyts amerikalik ishbilarmon bo‘lib, Microsoft  kompaniyasining yirik aksioneri va asoschilaridan biri (Pol Allen bilan hamkorlikda).

— Geytsnining birinchi asos solgan kompaniya nomi – Traf-O-Data  edi.

— Unga omad olib kelgan firma nomi dastlab Micro Soft(probel bilan) shaklida yozilar edi.

— 13 yoshida Bill Geyts do‘stlari bilan maktab kompyuterini buzishga erishishgan va mahfiy ma’lumotlarni ko‘rishga muyassar bo‘lishgan. Bu kichik xakerga jazo choralari ko‘rilmagan, balki uni Siyetl kompyuter markazi o‘z dasturlarini tekshirish uchun ishga yollagan.

— Billning ota-onasi o‘g‘lini kompyuterga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish maqsadida, hattoki o‘g‘lini kompyuterga yaqinlashishni taqiqlab qo‘yishgacha borishdi, bu taqiqlov vaqtinchalik holat edi. Shu vaziyatlarda u tarixiy shaxslar haqidagi kitoblarni o‘qir edi.

— Maktab paytlarida Geyts o‘z do‘sti Pol Allen bilan kompyuter dasturlarini yaratishni boshlashgan edi. O‘sha paytda u Napaleon tarjimai holi asosida “RISK” nomli o‘yin yaratadi.

— Birinchi dasturini Bill maktab paytida yaratgan bo‘lib, bu dastur effektiv dars jarayonini rejalashtirishni amalga oshirar edi.

— Birinchi eng katta gonarar(xizmat haqi)ini Bill 15 yoshida olishga erishadi. Shu yoshda u ko‘cha harakatini boshqaruvchi dastur yoratishga erishadi. Xizmat xaqi 20 ming dollarni tashkil etar edi.

— 1968 yil Leyksayd  nomli kollejga birinchi kompyuter o‘rnatiladi, Bill o‘sha kollejda kun va tunni o‘tkazib, o‘qish reytingi tushib ketishiga sabab bo‘ladi.

— Geyts, Pol Allen va Leyksayd  kollejidagi do‘stlari birgalikda ruxsat etilmagan dasturlar tuzib, kompyuter ishlashini izdan chiqarishar edi.

— Garvarddagi o‘qish uni zeriktirar edi va u asosan dasturlash yoki poker o‘ynash bilan vaqtini o‘tkazar edi.

— Geyts universitetda darslarni o‘zlashtirolmaganligi sababli 1974 yil kassallik varaqasi ochtiradi va keyinchalik Garvard universitetidan chetlatiladi, shunga qaramasdan Bill, keyinchalik bu universitetni tamomlashga erishadi. To‘g‘rirog‘i universitet administratsiyasi unga diplomni hadya qiladi.

— Garvart universiteti professorlariga Bill 30 yoshida millioner bo‘lishini aytar edi, qarangki u 31 yoshida milliarder bo‘lishga erishdi.

— 1990 yil oxirlarida 90% ga yaqin shaxsiy kompyuterlar Microsoft firmasining dasturlari bilan ishlar edi.

— 38 yoshida Geyts, oyiga millionga yaqin Windows nusxalarini sotishga erishadi.

— 1994 yil Bill Geys Melinde French nomli ayolga uylanadi va to‘yni o‘tkazish uchun Gavaya orollaridan birini arendaga oladi. Hozirda uning 3 farzandi bor.

— Bill umumiy hisoblaganda 30 milliardga yaqin pullarini hayriya ishlariga sarflagan.

— Har sekundda bizning qahramon 250$ mablag‘ topadi, bu degani kuniga 21,6 million va yiliga 7,8$ milliard.

— Agar Windows foydalanuvchilari, operatsion tizimning har bir qotib qolishi(xato oynasi) uchun 1 dollardan olishsa, Geyts 3 yil ichida honavayron bo‘lar edi.

— Dunyo o‘rgimchak to‘risi(www) rivojlanyotgan paytda Bill shunday degan edi:”Internet – bu kelajagi yo‘q g‘oyadir”. Shunga qaramasdan u bir necha yildan so‘ng o‘zining eng yaxshi dasturchilarini shu yo‘nalish rivoji uchun xizmat qilishini so‘ragan edi.

— 1997 yil Geyts Chikagolik Adam Kvinn Pletcher tomonidan amalga oshirilgan firibgarlikning qurboni bo‘lgan. Geyts sud zalida guvohlik bergan va Pletcher aybdor deb topilib, 1998 yil iyul oyida unga 6 yillik qamoq jazosi berilgan.

— 2008 yil iyun oyiga qadar Bill Microsoft’ning boshlig‘i bo‘lgan, lavozimidan ketgandan so‘ng(bu haqda u 2006 yil ma’lumot bergan) kompaniya direktorlar uyushmasining ijrochi bo‘lmagan raisi lavozimida qolgan. Shuningdek Bill hayriya fondining raisi hisoblanadi.

— Har yili Geyts 1 million dollarga yaqin mulk solig‘i to‘laydi.

— Billning katta bobosi qonunshunos va xokim(mer), bobosi shtatdagi davlat banki vitsa prezidenti, otasi esa advokat edi

— Bill to‘g‘risida juda ko‘plab kitoblar yozilgan, agar siz amazon.com sayti orqali “Gates” so‘zini kalit so‘z sifatida tersangiz 130 mingdan ortiq asar topishingiz mumkin.

— Bill “Kelajakka yo‘l” nomli kitob yozganini ko‘pchilik bilmasa kerak. U, bu kitobda axborot texnologiyalari rivojlanish davrida, jamiyatniig qarashlariga o‘z munosabatini bildiradi. Kitob nashirdan chiqqandan so‘ng 7 hafta davomida dunyoning asosiy besseller (yeng ko‘p sotiladigan) asarlari ro‘yxatining 1 o‘rinidan tushmagan.

Manba: ITportal.Uz