Bo'lajak Huawei Nova 11 smartfonining jonli surati tarqalib ketdi

Bo'lajak Huawei Nova 11 smartfonining jonli surati tarqalib ketdi

Huawei kompaniyasi o'zining yangi Nova 11 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Internetda ushbu qatordagi boshlang'ich modelning old ekrani ko'rsatilgan jonli surat paydo bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, Huawei Nova 11 old ekrani har tomonlama bir xil qalinlikdagi ramka bilan o'ralgan bo'ladi. Bunga quyidagi suratda o'zingiz guvoh bo'lishingiz mumkin:

Odatda Android smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining smartfonlari ekran ramkasini imkon boricha qaysi tomonda bo'lsa ham ingichka qilishga harakat qilishadi. Bunda smartfonlar qaysidir tomondan nozikroq, qaysidir tomonda esa qalinroq chegaraga ega bo'ladi. Faqatgina Apple'ning iPhone smartfonlarigina barcha tomonlari bir xil qalinlikdagi ramka bilan o'ralgan ekran dizayniga ega bo'lar edi.

Huawei Nova 11 bilan esa barchasiga o'zgaradigan ko'rinadi. Yuqoridagi suratda ko'rganingizdek, u har tomonlama bir xil qalinlikdagi ekran ramkasiga ega va bu bilan "iPhone 14 qotili" bo'lishi aytilmoqda. Ma'lum bo'lishicha, smartfon ekrani 6.7 dyuym o'lchamda va u FHD+ rezolyutsiyasi, 120 gerts yangilanish tezligiga ega. Taqqoslash uchun iPhone 14 ekrani 6.1 dyuym. Bundan tashqari, Huawei Nova 11 o'zining 6.88 mm qalinlikdagi tanasi bilan iPhone 14 dan (7.8 mm) ustun turadi.

Huawei Nova 11 smartfoni Huawei Nova 11 Pro va Nova 11 Ultra modellari bilan 17-aprel kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!