Counter-Strike 2 yoki CS:GO yangilanishi?

Counter-Strike 2 yoki CS:GO yangilanishi?

Britaniyalik taniqli jurnalist, Richard Lyuisning o'ziga yaqin bo'lgan manbaga asoslanib xabar berishicha, Counter-Strike: Global Offensive o'yini katta yangilanishni qabul qilish arafasida turibdi – Valve o'yinni Source 2 dvigatelida ko'chirmoqda. Lyuisning aytilishicha, kompaniya allaqachon o'zining Sietldagi shtab-kvartirasiga yangi o'yinni sinab ko'rish uchun professional CS:GO o'yinchilari guruhini chaqirgan.

Bundan tashqari, o'tgan hafta Reddit foydalanuvchisi NVIDIA'ning yangi drayverlarida csgo2.exe va cs2.exe deb nomlanadigan fayllarni payqab qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Dota 2 va Half-Life: Alyx o‘yinlarida allaqachondan beri qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan Source 2 dvigateliga CS:GO o‘yinini ham o‘tkazish uning yanada yaxshiroq grafika va ishlash bilan ta’minlaydi.

Bu hali hammasi emas. Lyuisning qo'shimcha qilishicha, "yangi CS:GO" o'yinchilarga FACEIT yoki ESEA kabi uchinchi tomon platforma kabi match'larni topib qo'shilish imkonini beradigan yanada yaxshilangan tizim bilan keladi. Qolaversa, Valve o'yin tomonidan ishlatiladigan serverlarning yangilanish tezligini 64 dan 128 gacha oshirishi kutilmoqda, bu esa onlayn o'yinlarda kechikishni kamaytiradi.

Source 2 dvijokidagi yangi CS:GO shunchaki katta yangilanish bo'ladimi yoki bu butunlay yangi, Counter-Strike 2 o'yinimi hozircha noma'lum, lekin uni sinovdan o'tkazish 1-apreldan boshlanishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!