DxOMark selfi-kameralarni tekshira boshladi: eng zo‘r 12 ta selfifon bilan tanishing!
Turli qurilmalarning kamera imkoniyatlarini xolis tekshirib baholovchi DxOMark servisi yangi ishga qo‘l urdi. Uning mutaxassislari smartfonlarning aynan old kamera sifati bo‘yicha reytingini tuzishdi.
O‘QING: DxOMark reytingi: 2018 yilning eng zo‘r kamerofonlari!
Buning uchun iOS hamda Android tizimlarida ishlovchi yaxshi smartfonlar olingan va ularning selfi-kameralari imkoniyatlari maxsus usullar yordamida tekshirilgan.
Mana, da’vogarlarning old kameralarida fotosurat olish sifati bo‘yicha reytingi:
Quyidagi jadvalda esa ularning selfi-kamerada videoga tushirish sifati baholangan:
Va nihoyat, so‘nggi jadval – selfifonlar old kameralarining umumiy olgan ballari:
Aytish kerakki, DxOMark servisi mazkur reytingdagi har bir qurilma selfi-kamerasining ijobiy va salbiy jihatlarini, shuningdek, ularni tekshirish usullarini batafsil sharhlab bergan.