Egasini rozi qilayotgan Android smartfonlar top o'ntaligi (mart oyi)

Egasini rozi qilayotgan Android smartfonlar top o'ntaligi (mart oyi)

Xitoyning AnTuTu veb-sayti o'tgan mart oyiga ko'ra "eng maqtovga sazovor" Android smartfonlar top o'ntaligini e'lon qildi. Unda Realme 10 Pro+ smartfoni 95.65% natija bilan eng yuqori o'rinni egalladi.

AnTuTu sayti Realme 10 Pro+ smartfonining eng ajoyib tomoni uning ekranida ekangligini ta'kidlaydi. Haqiqatda, Realme o'z flagmanini enga yaxshi texnologiyalarga asoslanib tayyorlangan displey bilan ta'minlagan: yon tomonlari qayrilgan 6.7 dyuymli OLED ekran 120 gerts yangilanish tezligi, 2160 gerts ultra-yuqori tezlikdagi yorqinlik boshqaruvi, FHD+ rezolyutsiya va atigi 2.33 mm qalinlikdagi pastki jag'ga ega.

Foto: AnTuTu

Ro'yxatning faxrli ikkinchi o'rinini o'tgan yili yozda chiqarilgan Xiaomi 12S Ultra smartfoni 95.06% baho bilan qo'lga kiritgan. Aytish kerakki, smartfon orqa tomonida 1 dyuymli kamera sensori bilan jihozlangan va u hozirgacha eng yaxshi kamerali telefonlar qatorida turadi.

Oppo Find X6 Pro smartfoni top uchlikni roppa-rosa 95% baho bilan yopib beradi. Yaqinda taqdim qilingan ushbu smartfon ham 1 dyuymli asosiy kamera sensoriga ega. Kompaniya rasmiylariga ko'ra, u siz yaxshi suratga oladi deb o'ylaydigan istalgan flagmanga qarshi tura oladi.

Taqdim qilinishi bilanoq DxOMark reytinggida "eng yaxshi kameraga ega smartfon" deb topilgan Honor Magic 5 Pro smartfoni 94.76% baho bilan to'rtinchi band qilgan bo'lsa, Xiaomi 13 Pro flagmani 94.25% baho bilan beshinchi o'rinni egallagan.

Ro'yxat davomida Huawei P50 Pro oltinchi (93.9%), OnePlus 11 yettinchi (92.59%), vivo X90 Pro+ sakkizinchi (92.53%), iQOO 11 Pro to'qqizinchi (91.43%) va Samsung Galaxy S23 Ultra esa o'ninchi o'rinda (91.23%) turganligini ko'rishimiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!