Galaxy S23 qatoridagi smartfonlarning o'lchamlari ma'lum qilindi

Galaxy S23 qatoridagi smartfonlarning o'lchamlari ma'lum qilindi

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy S seriyasidagi yangi smartfonlarini kelasi yil boshida taqdim qilishi kutilmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, bo'lajak Galaxy S23 qatoridagi smartfonlar ko'rinishi hozirgisidan deyarli farq qilmaydi, lekin o'lchamlarda birozgina o'zgarish bor.

Ishonchli ma'lumotchi, Ice Universe'ning xabar qilishicha, Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra modellari Galaxy S22 qatoridagi modellar bilan taqqoslaganda quyidagicha ekran va tana o'lchamlariga ega bo'ladi (tana o'lchamlari millimetrda):

  Galaxy S22  Galaxy S23
Ekran o'lchami va rezolyutsiyasi 6.1 dyuym, 2340×1080
Qalinligi 7.6
Uzunligi 146.0 146.3
Kengligi 70.6 70.9
  Galaxy S22+ Galaxy S23+
Ekran o'lchami va rezolyutsiyasi 6.6 dyuym, 2340×1080
Qalinligi 7.64 7.6
Uzunligi 157.4 157.8
Kengligi 75.8 76.2
  Galaxy S22 Ultra Galaxy S23 Ultra
Ekran o'lchami va rezolyutsiyasi 6.8 dyuym, 3088×1440
Qalinligi 8.9
Uzunligi 163.3 163.4
Kengligi 77.9 78.1

Aytish mumkinki, barcha hozirgi va bo'lajak modellarning ekran o'lchami va rezolyutsiyasi bir xil bo'lsada, yangi avlod smartfonlari tanasi nomigagina uzunroq va kengroq, agar aytish mumkin bo'lsa, Galaxy S23+ biroz ingichkaroq bo'ladi. Bundan tashqari Galaxy S23 Ultra tekisroq ekranga ega bo'lishi avval aytilgan edi. 

Garchi displey o'lchamlari va rezolyutsiyasi o'zgarmasa ham, Galaxy S23 qatoridagi modellar yaqinda taqdim qilingan iPhone 14 qatoridagi modellar kabi eng yuqori yorug'ligi 2000 nits bo'lgan displeyga ega bo'lishi mumkin, chunki Janubiy Koreya kompaniyasi displeyni Apple bilan bir manbadan, ya'ni o'zidan oladi va undan o'z smartfonlarida foydalanadi. Ma'lumot uchun, hozirgi Galaxy S22 Ultra smartfoni eng yuqori yorug'ligi 1750 nits bo'lgan displeyga ega. 

O'QING: Intel va Broadcom yettinchi avlod Wi-Fi texnologiyasi ishlashini ko‘rsatishdi (video)