GTA 6'ning to'liq o'yin jarayoni videolari tarqatib yuborildi
Rockstar'ning Grand Theft Auto o'yin franshizasining navbatdagi qismi, GTA VI o'yinining videolari internetda tarqatib yuborildi. GTA forumiga teapotuberhacker tomonidan joylangan 3 GB hajmdagi fayl 90 dan ortiq videolarni o'z ichiga oladi. Ma'lumotlar qanday olingani va tarqatilgani noma'lum, lekin tez orada yanada ko'proq videolar chiqarilishi aytilgan.
O'yin videolari yaqinda mish-mish qilingan xabarlarni tasdiqlaydi: o'yin bosh qahramoni Lucia ismli ayol va yana bir erkak bo'ladi. Videolarning birida u restoranga o'g'irlikka tushgani va odamlarni garovga olgani aks etgan. Yana bir klipda esa 2002-yilda chiqarilgan GTA: Vice City o'yinidagi Mayami hududlarini ko'rish mumkin.
Kadrlar allaqachon YouTube va boshqa platformalarga joylangan, lekin Rockstar bosh kompaniyasi, Take 2 Interactive allaqachon ularning bir nechtasini mualliflik huquqlarini talab qilgan holda oldirib tashlashga ulgurgan.
Videolardan ko'rish mumkinki, o'yin hali yakuniga yetmagan. GTA 6 tahminan 2014-yildan bilan ishlab chiqarish jarayonida bo'lib, u 2025-yilda chiqarilishi kutilmoqda. Aytish kerakki, GTA 6 dan avvalgi, GTA 5, deyarli 9 yil avval chiqarilgan edi.
O'QING: Yangicha sovutish tizimiga ega bo‘lgan o‘yinbop smartfon taqdim etildi