Haptik tugmalar "atmen", o'zimizni bosiladigan tugmalardan qo'ymasin

Haptik tugmalar

Apple'ning bo'lajak iPhone 15 seriyasidagi Pro modellar an'anaviy bosiladigan tugmalar o'rniga bosimni sezuvchi va vibratsiya bilan javob qaytaradigan "qattiq tugmalar" bilan jihozlanishi anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan edi. Biroq, taniqli Apple tahlilchisi, Ming-Chi Kuoning so'nggi "bashorati"ga ko'ra, yangi avlod iPhone Pro smartfonlari bunday haptiklarga ega bo'lmaydi.

Kuoning so'zlariga ko'ra, iPhone 15 Pro smartfonlari ham "texnik nosozliklar tufayli" oddiy modellari kabi jismoniy, bosiladigan tugmalarga ega bo'ladi:

"Mening so'nggi tahlillarim shuni ko‘rsatadiki, ommaviy ishlab chiqarishdan oldin hal etilmagan texnik muammolar tufayli ikkala yuqori sifatli iPhone 15 Pro modellari (Pro va Pro Max) yaqindan kuzatilgan qattiq holatdagi tugmalar dizaynidan voz kechib, an’anaviy jismoniy tugmalar dizayniga qaytadi", – deydi Ming-Chi Kuo.

Ta'kidlash joizki, iPhone 15 Pro smartfonlari xuddi iPhone 7 modelining bosh tugmasiga o'xshash bosimni sezuvchi va vibratsiya bilan javob qaytaruvchi tugmalarga ega bo'lishi haqida ham birinchilardan bo'lib Ming-Chi Kuo xabar o'tgan yilning oktabr oyida xabar bergan edi.

Kuoning aytishicha, yangilik amalga oshirilishi uchun hali umid qilsak bo'ladi: iPhone 15 Pro hali muhandislik tekshiruvi va sinovidan o'tish jarayonida va Apple'da uning dizaynini o'zgartirish uchun vaqt bor. Lekin, agar haptik tugmalar yangi smartfonlar ko'rinish bermaydigan bo'lsa, unda ular 2024-yilgi iPhone smartfonlariga o'rnatilishi aytilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!