Huawei uchta arzon 5G-flagman tayyorladi – taqdimot kuni va narxlari
Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi hamyonbop protsessorlar sharofati bilan, ko‘plab kompaniyalar hozir nisbatan arzon 5G-smartfonlar taqdim etishmoqda. Huawei esa bunday smartfonlarida o‘zining Kirin turkumidagi chipsetlariga tayanadi.
O‘QING: O‘rta narxli Honor 30S namoyish etildi: Kirin 820 chipli ilk 5G-smartfon
Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 23 aprel kuni xitoylik texnogigant hamyonbop Nova 7 turkumidagi uchta smartfonini rasman namoyish qiladi. Xitoyda ularning savdosi 28 aprelda boshlanadi.
Ushbu turkumga Huawei Nova 7, Nova 7 SE hamda Nova 7 Pro smartfonlari kiradi va ular turli protsessorlar bazasiga qurilgan. Quyida uchalasining chipseti va boshlang‘ich narxlari bilan tanishing:
Huawei Nova 7 SE modeli – Kirin 820 protsessori, 280 dollar;
Huawei Nova 7 modeli – Kirin 985 protsessori, 425 dollar;
Huawei Nova 7 Pro modeli – Kirin 990 protsessori, 495 dollar.
Agar shu ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, Nova 7 SE modeli bozordagi eng arzon 5G-smartfon nomini oladi.
O‘QING: TOP-10: Ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar