Instagram’da boshqalarga «ko‘rinmasdan» kuzatish mumkin

  •   DiMaX
  •  2930
  •  25.07.2018 16:43

Instagram’da boshqalarga «ko‘rinmasdan» kuzatish mumkin

Yaqindagina Instagram mobil ilovasida yangi funksiya paydo bo‘ldi – uning sharofati bilan ayni damda mazkur servisda kimlar onlayn ekanini ko‘rishingiz mumkin. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor – endi sizning onlayn ekaningizni ham boshqalar ko‘ra oladi...

O‘QING: Instagram muhim funksiya bilan yangilandi

Yuqoridagi funksiya boshlang‘ich sozlamalar bo‘yicha barchada faol holatda bo‘ladi. Lekin, agarda o‘zingizning onlayn ekaningizni boshqalardan yashirmoqchi, «ko‘rinmasdan» kuzatmoqchi bo‘lsangiz, buning ham yo‘li bor.

Xullas, Instagram’da faolligingizni boshqalar ko‘ra olmasliklari uchun quyidagilarni amalga oshirasiz:

  1. Qurilmangizda Instagram ilovangizni ochib, o‘z profilingizga kirasiz;
  2. Shesternyacha belgichasini bosib, parametrlar bo‘limiga o‘tasiz;
  3. Sahifaning oxirigacha tushib, shu yerdagi «Tarmoqdagi holat» – «Setevoy status» bandini ochasiz;
  4. Shu joyda «Tarmoqdagi holatni ko‘rsatish» – «Pokazivat setevoy status» yozuvi yonidagi tumblerni surib, nofaol holatga keltirasiz.

Endi sizning qachon internetda onlayn ekaningizni Instagram’da do‘stlaringiz ham, boshqalar ham kuzata olishmaydi.

O‘QING: Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!