iOS uchun Chrome: barqarorlik oshdi, uzilishlar 70 foizga qisqardi  

iOS uchun Chrome: barqarorlik oshdi, uzilishlar 70 foizga qisqardi  

Google tomonidan 27 yanvar kuni tarqatilgan xabarda aytilishicha, kompaniya dasturchilari iOS platformasida faoliyat ko‘rsatadigan mobil qurilmalarga mo‘ljallangan Chrome 48 – qidiruv dasturining yangi talqinini ishlab chiqdilar. Google Chrome jamoasining blogida qayd etilishicha, endi dastur sezilarli darajada barqaror va tezroq ishlaydi. Shu bilan birga, mobil vositalar orqali internetga ulanish jarayonidagi uzilishlar 70 foizga qisqaradi. Shuningdek, Chrome 48 orqali foydalanuvchining JavaScript dasturlash tilida yozilgan ilovalarni ham tezkorlik bilan ochishiga erishildi.

Google bugungacha iOS qurilmalarida Chrome’dan foydalanishda Apple’ning UIWebKit texnologiyasini qo‘llayotgan edi. Bu esa ilovalar, ayniqsa JavaScript tilida yozilgan dasturlarning ochilishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarayotgan edi.

Янги талқинда узилишларнинг қисқариши.

Yangi talqinda uzilishlarning qisqarish darajasi.

Endi Google o‘zining qidiruv tizimida Apple tomonidan iOS 8 operatsion tizimida tatbiq qilingan WKWebView texnologiyasidan foydalanishga qaror qildi.

Google bu yangilikka munosabat bildirar ekan, yangi texnologiyaning ahamiyatli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini aytgan. Xususan, yangi talqinda qidiruv tizimi orqali tashrif buyurilgan saytlarga oid matnli fayllarni boshqarishning soddalashgani, internetdan tezkor foydalanishni ta’minlaydigan dizayn, Spotlight elektron qidiruv yordamchi tizimi bilan markazlashuv mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishi kutilmoqda.

Hozirgacha ijtimoiy tarmoq va nashrlarning sahifalarida fikr qoldirgan foydalanuvchilar ham Chrome 48 yordamida sahifalarning qisqa vaqtda yuklanayotganini aytishmoqda.

iOS qurilmalariga mo‘ljallangan qidiruv dasturining yangilangan talqinini App Store ilovalar do‘konidan bepul yuklab olish mumkin.

2015 yilning 30 noyabr kuni Google Chrome’ning Android qurilmalariga ma’lumotlarni saqlash orqali megabaytlarni asrab qolish imkonini beruvchi Data Save rejimini e’lon qilgan edi. Bu orqali undan foydalanayotgan 100 milliondan oshiq internet foydalanuvchilari kun davomida tashrif buyurgan veb-saytlardagi ma’lumotlarning 70 foizini, umumiy miqdorda jami 100 terabayt hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qo‘yishlari mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!