Kompyuteringiz himoyasi uchun ikkita bepul fayrvol

  •   DiMaX
  •  2065
  •  20.06.2018 12:42

Kompyuteringiz himoyasi uchun ikkita bepul fayrvol

Fayrvol (yoki fayervoll – Firewall) bukompyuterni internetdan bo‘luvchi turli hujumlardan saqlovchi dasturdir. U qurilmaga virus, spam, xakerlar va boshqa zararli ta’sirlarni o‘tkazmay turadi.

O‘QING: Kompyuter bilan ishlaganda yo‘l qo‘yiladigan 5 xato

Shuningdek, ayrim fayrvollar kiruvchi va chiquvchi internet-trafikni nazorat qilish, reklamani qirqish funksiyasiga ham ega. Fayrvoll-dasturlar ko‘p va turlicha bo‘lib, aksariyati pulli bo‘ladi. Biz esa sizga ikkita bepul fayrvol haqida ma’lumot bermoqchimiz.

TinyWall

Mazkur dastur Windows’ning o‘zidagi brandmauer funksionalligini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan. TinyWall salgina shubhali narsani «ko‘rgan» zahotiyoq jonga teguvchi bildirishnomalar chiqaravermasligi bilan e’tiborga loyiq.

Shuningdek, TinyWall fayrvolining ixchamligini ham ta’kidlash o‘rinli – kompyuteringizning qattiq diskida u atigi 1 MB joy egallaydi. Xullas, agarda Windows’ning o‘zidagi brandmauerdan foydalanadigan bo‘lsangiz, u holda TinyWalls – ayni sizga mos dastur. Uni mana bu havola orqali ko‘chirib olishingiz mumkin.

ZoneAlarm Free Firewall 2018

ZoneAlarm Free Firewall dasturi kompyuteringizga kirish mumkin bo‘lgan ochiq portlarni yashiradi. Potensial xavfli trafikni aniqlaydi va ziyonkor dasturlarni to‘xtatadi. Shuningdek, bu fayrvol ommaviy Wi-Fi tarmog‘iga ulangan payti kompyuteringizni himoyalaydi.

Mazkur fayrvolni kompyuteringizga o‘rnatish chog‘ida e’tiborli bo‘lishingiz kerak: boshlang‘ich sozlamalariga ko‘ra u brauzeringizning bosh sahifasi sifatida Yahoo saytini o‘rnatib qo‘yadi. Yaxshiyamki, o‘rnatish sozlamalarida buni rad etish mumkin. Shuningdek, unda brandmauerni faollashtirish uchun o‘z elektron pochtangiz manzilini yuborishingiz so‘raladi, ammo kompaniya xodimlari uni uchinchi shaxslarga bermasliklarini ta’kidlashgan.

Skachat Zone Alarm Pro Firewall dasturini kompyuteringizga ko‘chirib olish uchun ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Windows’dagi barcha viruslarni daf qiluvchi bepul dastur

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!