LG G5: yangi Android flagmanning 5 ta o‘ziga xosligi

LG G5: yangi Android flagmanning 5 ta o‘ziga xosligi

 

Katta hayajon bilan Barselonada o‘tadigan Jahon mobil kongressi arafasidagi ilk taassurotli taqdimotni kuzatdik. LG ishonch bilan yangi smartfonini taqdim qildi. Quyida qisqa muddat ichida to‘plangan ekspertlar e’tirofini diqqatingizga havola qilamiz.

  1. Tuslanuvchi elementlar

Bu LG G5 gadjetining katta ustunligi. Chindan ham, u smartfonlar olamiga yangicha kelajak olib keldi. Qo‘shimcha qurilmalar suratga olish, dam olish, vaqtni maroqli va foydali o‘tkazishga yordam beradi. Ayniqsa, mana bu ajraluvchi kamerani bir qo‘lda ham boshqarsa bo‘ladi. Kompaniya ularni “do‘stlar” deb atadi. Albatta, hayot do‘stlar bilan yanada yaxshi.

  1. Super keng optik burchakli kamera

LG qurilmada 2 ta bosh kameradan foydalangan. 16 va 8 MP kameralar suratni keng burchak ostida olish imkonini beradi. Ya’ni, odatdagi kameralar oladigan surat 70-75 daraja burchak ostida bo‘lsa, bu qo‘shkamera 130 daraja burchak ostida surat oladi. Ayniqsa, suratlarda manzara va kengliklar yanada yaxshiroq aks etadi.

  1. Qo‘shimcha xotirani kengaytirish

microSD qo‘shimcha flesh xotira kartasi 128 GB ekanligi ham o‘ziga xos jihat. Ayniqsa, Marshmallow operatsion tizimi xotira kartasini o‘qishda u qadar ham injiqlik qilmaydi.

  1. Ajraluvchi akkumulyator

lg-g5-1-166-1280x853

LG bu safar yangi qurilmada kichkina tugmacha yordamida apparatdan ajralib chiquvchi akkumulyatorni taqdim qildi. Shuningdek, alohida kamera qurilmasida ham quvvat manbaining borligi qoyilmaqom g‘oya bo‘lgan.

  1. Muntazam faol displey

Yana bir o‘ziga xos jihat qurilma displeyidagi doimiy faol oynada vaqt muntazam ko‘rinib turadi. Taqdimotda bu jihat smartfon foydalanuvchilarining 1 kunda vaqtni bilish uchun gadjetiga 150 marotaba qarashi bilan izohlandi. Kompaniyaning aytishicha, bu funksiya juda kam quvvatni yeydi. Zamonaviy texnologiyaga ega displey quyosh nurida ham tasvirni sifatli ko‘rsatishi aytilmoqda.