Lofi Girl'ni tanirmidingiz? Endi uning yigiti bor!

Lofi Girl'ni tanirmidingiz? Endi uning yigiti bor!

Agar siz ham uy vazifalarini bajarishda yoki kitob o‘qishda yoki umuman boshqa vaziyatlarda e’tiboringizni bir joyga jamlash uchun "lofi" stilidagi musiqalarni tinglashga odatlangan bo‘lsangiz, unda siz YouTube'dagi Lofi Girl kanalini juda yaxshi bilasiz. U yerda lofi janridagi musiqalar kun davomida tinimsiz jonli efirda uzatiladi. Kanalning asosiy qahramoni esa shu musiqalarni tinglagan holda dars qilib o‘tiradigan o‘quvchi qiz bo‘lib, endi u yolg‘iz emas – Lofi Girl kanali yangi janrdagi musiqa strimingi bilan mutlaqo yangi qahramonni taqdim qildi.

"lofi" (shuningdek, "lo-fi" tarzida ham yozilishi mumkin) – bu "low-fidelity" yoxud "past sifatli" musiqa janri bo‘lib, u stressni kamaytiradi va fikrni jamlashga yordam beradi.

Synthwave Boy – Lofi Girl kanalining yangi qahramoni bo‘lib, u o‘z nomi bilan synthwave musiqa janridagi strimni taklif qiladi. Videoda siz uni ana shunday musiqa ohanglari ostida kompyuter ishlarini qilib o‘tirganini ko‘rishingiz mumkin, albatta, 24/7. Uning stili ham musiqa janri bilan hamohang: binafsharang ust-bosh kiyimlari va fon ranglari elektron musiqa bilan uyg‘unlashadi.

Yangi qahramonimiz Lofi Girl bilan ro‘parama-ro‘para joylashgan uyda yashaydi. Alohida ta’kidlash joizki, Lofi Girl'ning mushugi bo‘lsa, Synthwave Boy o‘zining yoqimtoy kuchukchasi ega.

Shunday qilib, endi Lofi Girl kanalida uchta 24/7 ishlaydigan strimlar mavjud: o‘yinlar yoki mashinada tungi sayrlar uchun "synthwave" radiosi, o‘qish uchun "lofi hip-hop" radiosi va dam olish, shunchaki rohatlanish uchun yumshoqroq "lofi hip-hop" radiosi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!