Meizu Pro 5: Xitoydan superflagman

Meizu Pro 5: Xitoydan superflagman

Meizu markasi haqida eshitganmisiz? Bu Xitoy markasi hozir xalqaro bozorlardagi savdolarga zo‘r bergan.

Flagman Meizu Pro 5 barcha smartfonlar bilan raqobatga kirishdi. Unda alyumin korpus, Sony kamera, kuchli protsessor, barmoq izlari uchun skaner va a’lo darajadagi audio tizim mavjud.

Orginaldan yaxshiroq nusxa 

Meizu Pro 5 smartfoni iPhone 6 Plusga juda o‘xshash, deyarli nusxasi. Faqat batartib va chuqur o‘ylangan. Smartfon mustahkam va uni shunchaki qayirib bo‘lmaydi. Pro 5 yuzasi juda silliq va toyg‘oq bo‘lgani uchun qo‘ldan tushib ketishi mumkin. Shu paytda smartfon mustahkamligi qo‘l keladi.

Ekran ustiga chiroqli indikator o‘rnatilgan va uning ustida gi klavishlar bilan ishlash qulay. mTouch tugmachali skaneri bexato ishlaydi. Skaner bilan nafaqat smartfonga kirishni, balki alohida ilovalar yoki papkalarni ham chegaralash imkoni bor.

Full HD

Ekran o‘lchami iPhone 6 Plus’dan yarim santimetrga uzunroq. Super AMOLED displeyi qayishqoq oynadan. Mutaxassislar aniqlashicha, Meizu displeyidagi juda yuqori tiniqlik tizimga ortiqcha og‘irlik beradi va quvvatni “so‘radi”. Ekran hajmi 5,7 dyuym (1920x1080). Harflar aniq va juda yorqin ko‘rinadi, xuddi haqiqiydek. Tasvir tiniqligi ham yaxshi. Ekranning maksimal yorug‘ligi 324 kd/m2 ni tashkil etadi. Agar displeyga bosim kamaysa, u holda yorug‘lik 380 kd/m2 gacha ko‘tarilishi mumkin.

Meizu PRO 5 ekranida AMOLED ning imkoniyatlari yig‘ilgan: yaxshi tiniqlik, a’lo darajadagi aniqlik, biroq ranglar uzatishi keragidan ortiq tez.

Eng kuchli smartfon

Smartfon Galaxy S6 va Note oilasidagi kabi kuchli protsessorga ega. Meizu hatto o‘yinlar chog‘ida ham qizib ketmaydi. Meizu Pro 5 ikkita versiyada bo‘ladi. Birinchisi 3 GB operativ xotira va 32 GB o‘rnatma, ikkinchisi 4 GB operativ va 64 GB o‘rnatma xotiraga ega. Agar bu ham kamlik qilsa, ikkinchi sim karta bilan xotira kartasi qo‘yib, ma’lumotlar saqlovchi manbani kengaytirish mumkin.

Meizu Pro 5 barcha testlarda o‘z raqobatchilarini, jumladan, Samsung Galaxy Note 5, OnePlus 2 yoki Xperia Z5 smartfonlarini “quvib o‘tayapti” va hozir bu borada eng kuchli smartfon bo‘lib turibdi.

Ajoyib miks: Xitoy smartfonida Yapon kamerasi

Kamera kunduzi olingan tasvirlar bilan xursand qiladi, tungi tasvirlar esa yo‘q. Pro 5 moduli 20,7 megapiksel Sony sensori bilan jihozlangan. 6 unsurli yoqut oyna, qo‘shqavat chaqnoq (vspishka) va lazerli avtofokusga ega. Biroq Sony, Huawei, LG, Samsung yoki Apple dagi singari optik barqarorlashtirish imkoniyati yo‘q.

Viderjka (surat olishda fotoapparat ob’yektivining ochiq turish vaqti)ni o‘zgartirish, ISO maksimal qiymatini yuklash, fokusni ko‘rsatish imkoniyatlari mavjud. Besh megapiksel kengburchakli frontal kamera yaxshi suratga oladi, 4K formatda ham videotasvirga tushiradi. 120 fps tezlikda HD formatda sekinlashtirilgan videotasvir olish imkoni ham bor. Biroq sifati Galaxy S6 yoki LG G4 smartfonidan ortda.

Kamerada olingan rasmlar

Ikkita sim karta

Smartfonda nanoSIM uchun juft g‘ovak mavjud. Ridiomodul bitta, ikkala simkartada ham bir vaqtda gaplashib bo‘lmaydi. Bu, albatta, Huawei yoki HTC fonida minus degani. Model 1800/2100/2600 MGs chastotada ishlaydi, 800 MGs da esa yo‘q.

Pro 5 gohida internet yoqilganda 3G dan 4G ga yoki aksincha “sakrab” turadi. Simsiz modullari shunday: Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.1, NFC. Smartfon GPS, GLONASS, BeiDou bilan ishlaydi. Qolaversa, Meizuda USB Type-C uchun joy ham mavjud. Fleshka yoki diskni maxsus o‘tkazgich orqali ko‘rish mumkin.

Bir kunda bir marta quvvatlantirish

Smartfon soat 6 dan kech soat 11 gacha bemalol ishlaydi: 2 soat internet, 3 soat onlayn musiqa eshitish, 20 dona foto, qo‘ng‘iroq va smslar. Pro 5da 16 soat to‘xtovsiz video ko‘rish mumkin. Tezkor quvvatlantirish ham ishlaydi: rozetkada yarim soat turganda quvvat 65% foizga yetadi.

Audio xususiyatlari

Taqdimotda smartfonning musiqa imkoniyatlari haqida ma’lumot berilar ekan, Meizu dunyoning professional audio komponentlarini o‘zida jamlagani ta’kidlangandi. Sifatli ovozni FLACda tinglash juda yoqimli, MR3 kompozitsiyasini yuklab olishga hojat yo‘q. Agar sub’yektiv fikrlaydigan bo‘lsak, bas yetishmayotgandek, past chastotalar mavjud, lekin talab darajasida emas. Barcha qo‘ng‘iroqlar eshitarli darajada, dinamika baland. Biroq FM-radio mavjud emas.

Xulosa

Meizu flagmanida kerakli hamma narsa bor: alyumin korpus, kuchli protsessor, Hi-Fi darajasidagi ovoz, yirik displey, LTEdan ikki SIM karta. Ammo shunday imkoniyatlari bilan narx-navosi “OHO” (Xitoy smartfoni uchun) deydigan darajada: 3 mln. so‘mga yaqin. Oldindan buyurtmalar oktyabr, sotuv esa noyabr oyidan boshlanadi.

Raqobatchilarda “ob-havo” qanday?

Samsung Galaxy Note 5 smartfoni 4 mln. so‘m;
Sony Xperia Z5 bahosi 3,5 mln. so‘m;
iPhone 6s Plus (64 GB) 6,5 mln. so‘mdan boshlanadi.
Imkoniyatlarini solishtirib, o‘zingiz tanlayverasiz. Bu yog‘i bozor!

Manba: Hi-tech.mail.ru

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.olx.uz 2,7 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!