Mish-mishlar rad etildi: ChatGPT-5 versiyasi tayyorlanmayapti

Mish-mishlar rad etildi: ChatGPT-5 versiyasi tayyorlanmayapti

OpenAI kompaniyasi o'tgan yili GPT-3 til modeli bilan chiqargan ChatGPT sun'iy intellekt chatboti Internet olamini, shubhasiz, larzaga soldi. Biroq, u endi hozirgi GPT-4 donoligi oldida hech nima emas. Navbat esa GPT-5 versiyasiga – ijtimoiy tarmoqlarda OpenAI allaqachon uning ustida ish boshlagani va u dekabr oyida chiqarilishi mumkinligi haqida bir qancha mish-mishlar tarqaldi. Biroq, kompaniya rahbari bunday xabarlarni rad etdi.

Massachusets texnologiya institutida bo'lib o'tgan sun'iy intellekt tizimlari tomonidan bo'ladigan tahdidlar haqidagi munozarada OpenAI kompaniyasi asoschilaridan biri va rahbari, Sam Altman ham ishtirok etdi. Tadbir davomida Sam Altmandan yaqinda OpenAI va shunga o'xshash katta sun'iy intellekt labaratoriyalaridan GPT-4 dan kuchliroq bo'lgan SI loyihalarini tayyorlashni kamida 6 oyga pauza qilib turishni so'ragan holda Internetga joylangan ochiq xat haqida so'raldi (hozirda maktubga Ilon Mask va 10 mingdan ortiq boshqa taniqli shaxslar, olimlar imzo qo'yishgan).

Altmanning ta'kidlashicha, maktubda "qayerda pauza qilishimiz kerakligi haqidagi eng texnik nuanslar yetishmayapti". Nima bo'lganda ham, OpenAI rahbari GPT-4 davomchisi, GPT-5 avlodini tayyorlamayotganliklarini, buni bir muddatga amalga oshirmasliklarini ma'lum qilgan va bu "qaysidir ma'noda ahmoqona" ekanligini aytgan.

Biroq GPT-5 versiyasining ishlab chiqarilmayotganligi kompaniya hech nima bilan shug'ullanmayotganligini anglatmaydi:

"Biz hozirda xatda butunlay chetda qoldirilgan va barcha turdagi xavfsizlik masalalari hal qilinishi kerak bo'lgan GPT-4 ustida ishlamoqdamiz", – deydi Sam Altman.

Aytish kerakki, GPT-5 avlodining tez orada chiqarilmasligi "sun'iy intellekt tahdidlarini yo'q qiladi" degani emas, vaholanki GPT-4 ning o'zi odamlar undan qanday maqsadda foydalanishlariga qarab katta foyda yoki katta zarar keltirishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!