Moskvada bepul Wi-Fili avtobuslar qatnaydi

Moskvada bepul Wi-Fili avtobuslar qatnaydi

«Mosgortrans» rahbariyati shahar yo‘lovchilar transportini Wi-Fi uskunasi bilan ta’minlash uchun 400 million rubl ajratishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. «Mosgortrans» tramvay va trolleybuslarni ushbu uskuna bilan ta’minlash maqsadida ochiq tanlov o‘tkazmoqchi. Bepul Wi-Fi xizmatidan bir vaqtning o‘zida 50 yo‘lovchi foydalanadi. Tashkilot rahbariyati ajratilgan vositalar 8 mingga yaqin transportni jihozlashga yetishini taxmin qiladi.

Qayd qilish kerakki, Moskva hukumati fuqarolarni bepul internet bilan ta’minlashga astoydil bel bog‘ladi. Hozirda jamoat transportiga qarashli 400 bekatda Wi-Fi ishlab turibdi, yo‘lovchilar transport kutish vaqtida internetda videoroliklar tomosha qilish, xabar jo‘natish, ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyatlaridan bahramand bo‘lishadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.