Olimlar batareya o‘rnini bosuvchi qog‘oz yaratishdi

Olimlar batareya o‘rnini bosuvchi qog‘oz yaratishdi

Shvetsiyadagi Lincheping instituti organik elektronika laboratoriyasi olimlari batareya o‘rnini bosuvchi qog‘oz yaratishganini ma’lum qilishdi. Ixtirochilarning batareya-qog‘ozi zaryad yig‘adi va bir muddat saqlaydi.

Shved olimlari aytishicha, bu qog‘oz qalinligi bir necha millimetrni tashkil qiladi. Materialning noyobligi shundaki, to‘plangan 1 Farad sig‘imdagi elektr energiyasi ion kondensatorlar uchun katta ko‘rsatkichdir. Batareya-qog‘oz ikki varaq sellyuloza plenkasi va nanotrubkadan iborat, ular orasida rux oksidi asosli kompozit (bir jinsli bo‘lmagan sun’iy material) bor.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!