Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (28 hafta)
O‘tgan haftada rasman taqdim etilgan Nothing phone (1) yana birinchi o‘rniga qaytdi. O‘tgan haftada yetakchi bo‘lgan Xiaomi 12S Ultra esa ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Kuchli uchlikka Galaxy S22 Ultra yakun yasab berdi.
O‘tgan haftada taqdim qilingan yana bir smartfon Xiaomi 12 Lite to‘rtinchi pog‘onaga joylashdi. Beshinchi o‘rin esa Galaxy A53 modeliga nasib etdi.
Redmi Note 11 o‘zining oltinchi pog‘onasini saqlab qoldi. iPhone 13 Pro Max yettinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, undan keyingi ikki o‘rin mos ravishd Nokia 5710 XpressAudio va iPhone XR modellariga nasib etdi. Reytingni Nokia 8210 4G yakun yasab berdi.
Nothing phone (1)
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi 12S Ultra
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy S22 Ultra
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi 12 Lite
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan
Samsung Galaxy A53 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 11
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Nokia 5710 XpressAudio
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan
Apple iPhone XR
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan
Nokia 8210 4G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan