Onlayn davlat xizmatlari haqida yangiliklarni endi Telegram’da kuzatish mumkin

Onlayn davlat xizmatlari haqida yangiliklarni endi Telegram’da kuzatish mumkin

«Elektron hukumat» markazi Telegram dasturi orqali ikkita kanalni ishga tushirdi: tadbirkorlar uchun egov business va aholi uchun egov News. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi «Daryo»ga ma’lum qildi.

Ushbu kanallar yordamida «elektron hukumat» tizimining loyihalari va dasturlari, biznes sub’yektlari va aholi uchun hukumat tomonidan taqdim etiladigan yangi onlayn xizmatlar haqida tezkor va dolzarb yangiliklardan xabardor bo‘lish mumkin.

Bu orqali qanday qilib oson va tez tadbirkorlik sub’yekti bo‘lish, davlat organiga murojaat yuborish, hamda ochiq ma’lumotlarning foydasi va boshqalar haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Manba: Daryo.uz