OPPO Find X3 ham namoyish etildi: uning Find X3 Pro’dan farqi nimada?

  •   DiMaX
  •  861
  •  12.03.2021 18:08

OPPO Find X3 ham namoyish etildi: uning Find X3 Pro’dan farqi nimada?

OPPO kompaniyasi kechagi taqdimotida yangi avlod smartfonlarini taqdim etgan. Bular – bazaviy Find X3, eng zo‘r Find X3 Pro, shuningdek Find X3 Neo hamda Find X3 Lite modellaridir.

O‘QING: Mikroskop kamerali OPPO Find X3 Pro chiqdi – har tomonlama o‘zgacha flagman!

Garchi taqdimot marosimida Find X3 modeli haqida alohida to‘xtalib o‘tishmagan bo‘lsa-da, uni kompaniyaning rasmiy saytiga chiqarishgan, lekin saytining faqat xitoycha versiyasida ko‘rsatilganiga qaraganda, bu modelni xalqaro bozorda sotishmaydi.

Ushbu standart flagmanning aksariyat xususiyatlari Pro-versiya bilan bir xil, shuning uchun bu qaydimizda undan farqli jihatlarigagina to‘xtalamiz.

Find X3 Pro flagmani eng qudratli – Snapdragon 888 chipseti asosida tayyorlangan bo‘lsa, bazaviy flagmanning «elektron yuragi» sifatida Snapdragon 870 protsessori qo‘llangan. Ikkinchi farqi – Find X3 modelining tezkor xotirasi «atigi» 8 gigabaytlik (uning «og‘a»si esa 12/256 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega).

Bu ikki flagmanning qolgan texnik jihatlari aynan bir xil va ular bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. OPPO Find X3 modeli 19 martdan Xitoyda sotila boshlaydi. Uni tezkor/ichki xotirasiga ko‘ra ikki xil variantda – 8/128 gigabaytligini 695 dollarga, 8/256 gigabaytligini esa 770 dollarga teng narxda sotishadi.

O‘QING: Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!