O'tgan yilgi Galaxy A smartfoni One UI 5 barqaror versiyasini qabul qilishni boshladi!

O'tgan yilgi Galaxy A smartfoni One UI 5 barqaror versiyasini qabul qilishni boshladi!

Samsung o'zining bu yilgi Galaxy A73, A53 va A33 smartfonlariga One UI 5 yangilanishini allaqachon Yevropada mamlakatlarida tarqatishni boshlagan. Endilikda kompaniya o'tgan yilgi Galaxy A seriyasidagi smartfonlariga ham Android 13'ga asoslangan yangilanishni tarqatishni boshlagan ko'rinadi.

SamMobile nashrining xabar berishicha, Galaxy A52 smartfoni Rossiyada A525FXXU4CVJB proshivka versiyali One UI 5 yangilanishini noyabr oyi xavfsizlik yamog'i bilan qabul qilishni boshlagan.

Bundan avval, Galaxy M52 va M32 smartfonlari uchun ham One UI 5 yangilanishini tarqatish boshlangan edi.

O'QING: Galaxy S23 smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqmaydimi?