O'zbekistonda kibersport turniriga rekord darajadagi ishtirokchilar ro'yxatdan o'tdi

O'zbekistonda kibersport turniriga rekord darajadagi ishtirokchilar ro'yxatdan o'tdi

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasida kibersportchilarimiz ham ancha ko'payib qoldi – O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati mamlakatimizda o'tkazilayotgan kibersport turniriga ro'yxatdan o'tish jarayoni yakunlanganligini va uning natijalarini e'lon qildi.

Ma'lum bo'lishicha, PUBG Mobile, CS:GO, Dota 2, FIFA va eFootbal o'yinlari bo'yicha respublika miqyosida o'tkazilayotgan "Uzbekiston Esports Championship" turniriga maxsus portal orqali 3000 ga yaqin (2894 ta) kibersportchi ro'yxatdan o'tgan va ulardan jami 770 dan ortiq jamoalar tuzilgan. Turnir sovrin jamg'armasi 332 million so'mni tashkil qiladi.

Hozirda turnir allaqachon boshlanib bo'lgan yoxud uning birinchi bosqichiga kecha, 12-apreldan boshlab start berilgan. Chempionatning yarim-final va final bosqichlari esa Toshkent shahrida 5-8-may kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.