Tez orada O'zbekistonda ilk kripto-do'konlar ochiladi

Tez orada O'zbekistonda ilk kripto-do'konlar ochiladi

O'zbekistonda kripto-do'kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari rasman tasdiqlandi. Unga ko'ra mazkur faoliyat turi kripto-do'konning elektron-platformasida yoki savdo obyektida amalga oshiriladi.

Ma'lum bo'lishicha, kripto-do'konning elektron platformasi orqali siz ktipto-aktivlarni milliy valyutada bank o'tkazmasi orqali sotib olishingiz yoki sotishingiz mumkin bo'ladi. Savdo obyektida ham xuddi shu usul birga kripto-aktivlarni naqd pul ko'rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olishingiz yoki faqat milliy valyuta sotishingiz mumkin.

Biroq kripto-do'konda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

  • majburiy identifikatsiyadan o'tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
  • O'zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
  • anonim kripto-aktivlar va o'zaro o'zgarmas tokenlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar.

Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, kripto-do'konlar 18 yoshga to'lmagan shaxslar bilan shartnoma tuzishga haqli emas.

Mazkur buyruq 31-oktabrdan kuchga kirgan. Shunday ekan, tez orada O'zbekistonda ham kripto-do'konlar ochilishi mumkin.

O'QING: Fragment auksionida ilk Telegram yuzerneymi salkam 1.5 million dollarga sotildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!