O‘zbekistonlik xohlovchilar “Oracle akademiyasi”da bepul o‘qiydilar

O‘zbekistonlik xohlovchilar “Oracle akademiyasi”da bepul o‘qiydilar

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oracle akademiyasi” faoliyatini boshladi. Tadbirda universitet rahbariyati hamda “Oracle Academy” dasturining mintaqaviy rahbari Deni Guris ishtirok etdi.

“Oracle” kompaniyasining mazkur bepul ta’lim tashabbusi maktab, kollej va universitet o‘qituvchilari, shuningdek mustaqil o‘rganuvchilar uchun axborot texnologiyalarini uzluksiz o‘rganishga yordam beradigan zarur resurslarni, kompleks dasturlarni taqdim etadi. Har yili jahon miqyosida “Oracle Academy” kurslarida 120 mamlakatdan 3,5 million nafardan ziyod bitiruvchilar tamomlaydi.

Misol uchun, Java Fundamentals, Java Foundations, Java Programming, Database Foundations, Database Design and Programming With SQL, Programming with PL/SQL, APEX – Application Development Foundations kabi kurslar mutaxassislar uchun zamonaviy dasturlash tillari va tizimlarini o‘rganishlari uchun ayni muddao.

O‘qing:Huawei P20 Pro va iPhone X kameralari "jang qilishdi"

90-180 soatlik kurs qiziqarli va dolzarb ma’ruzalar, mustaqil o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar, bilimlarni nazorat qilish, kurs loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish kabi qismlardan iborat va ular ishtirokchilarning raqobatbardoshlik darajasini oshiradi.

Kurslar akademik dasturga kiritilishi mumkin, ular aniq ilmiy maqsadlarni o‘z ichiga oladi va ko‘plab amaldagi xalqaro standartlarga va imtihonlarga javob beradi.

Xohlovchilar mazkur kursda academy.oracle.com sayti orqali onlayn shaklda bepul tahsil olishlari mumkin.

Tadbir davomida talabalar “Axborot xavfsizligi asoslari” haqidagi taqdimotini tingladilar. Ma’ruzadan talabalar axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari, shuningdek, kompyuterni o‘rganish texnologiyalaridan foydalanish va ularga hujumlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga javob berish kabi yangi yo‘nalishlarni o‘rgandilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!