Poytaxtda HTC kompaniyasining servis markazi ochildi

Poytaxtda HTC kompaniyasining servis markazi ochildi

Toshkent shahrida HTC kompaniyasining yangi servis markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endi tayvanlik mobil vositalari ishlab chiqaruvchisi hisoblangan HTC kompaniyasining qurilma va gadjetlari foydalanuvchilari ulardagi nosozlik bilan bog‘liq muammolarni mazkur xizmat ko‘rsatish markazida hal qilishlari mumkin bo‘ldi.

Ochilish marosimida qayd etilganidek, HTC Care xizmat ko‘rsatish markazida O‘zbekistonda sotib olingan, ishlab chiqaruvchining P60124-150051 raqamli yillik xizmat ko‘rsatish kafolatiga ega  qurilmalar ta’mirlanadi.

Xizmat ko‘rsatish markazi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “Bunyodkor” xiyoboni, 52-uy – Integro savdo markazining 1-qavati, 24-do‘konida joylashgan. Mo‘ljal: Metroning “Chilonzor” bekati.

HTC brendi qurilmalari foydalanuvchilari 2016 yilning 1 fevralidan boshlab xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishlari mumkin.

HTC korporatsiyasiga 1997 yilning 15 mayida Buyuk Britaniya va Tayvan Respublikasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan asos solingan. Korporatsiya bosh qarorgohi Tayvanning Sinbey shahrida joylashgan. Kompaniya smartfon va planshetlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Kompaniyaning smartfon va planshetlar bozoridagi hissasi kompaniya tomonidan 2014 yilning mart oyida e’lon qilingan HTC One M8 va HTC One M9 qurilmalaridan keyin 3 foizdan 7.2 foizga oshgan. Kompaniya dunyoning 40dan ziyod yirik shaharlarida xizmat ko‘rsatish markazlariga ega.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!