Rasman: Xiaomi 13 Ultra global taqdimot sanasi e'lon qilindi!

Rasman: Xiaomi 13 Ultra global taqdimot sanasi e'lon qilindi!

O'tgan hafta Leica kompaniyasi Xiaomi 13 Ultra shu oy taqdim qilinishini e'lon qilganida Xiaomi'ning o'zi ham buni tasdiqlagan, lekin aniq taqdimot sanasini e'lon qilmagan edi. Hozirgina esa kompaniya, vanihoyat, bo'lajak flagmanning qachon taqdim qilishini rasman ochiqladi – mish-mishlar tasdiqlandi, Xiaomi 13 Ultra rasman 18-aprel kuni butun dunyoga namoyish qilinadi.

O'zining rasmiy Twitter sahifasida Xiaomi "A Shot Above" nomli Xiaomi 13 Ultra smartfoni taqdimoti posterini joyladi. Ulashilgan tizer suratda siz taqdimot sanasi bilan birga Xiaomi 13 Ultra'ning orqa kamerasini qisman ko'rishingiz mumkin: yumaloq kamera oroli ichida to'rtta sensorlar joylashgan.

"Sizni Xiaomi 13 Ultra taqdimotiga chin dildan taklif qilamiz. Xiaomi va Leica, sizga yana bir bor mobil tasvirlashning yangi mo'jizalarini olib keladi.

18-aprel, soat 19:00 (GMT+8), "A Shot Above" tadbiri uchun kalendarlaringizni belgilang!"

Xiaomi 13 Ultra modeli o'tgan yili Xitoyda, bir necha oy avval esa MWC 2023 ko'rgazmasida global bozorga taqdim qilingan Xiaomi 13 seriyasining eng yuqori modeli bo'lib, u Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlanadi. Qolaversa, Xiaomi o'zining bo'lajak flagmanida Leica'ning Summicron linzalaridan foydalanadi. Hozircha texnik xususiyatlar haqida unchalik ko'p ma'lumotlar mavjud emas, lekin taqdimot sanasi yaqinlashar ekan Xiaomi yangi smartfon qobilyatlarini tizer qilishni boshlashi aniq.

Xiaomi 13 Ultra Toshkent vaqti bilan 18-aprel kuni 16:00 da taqdim qilinadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!